Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
Umid – oxiratdan! Bir kuni hazrati Umar (r.a.) Rasuli akramni (s.a.v.) ziyorat qilmoq uchun bordilar. Hazrati Oishadan (r.a.) izn so‘rab, hujrai saodatga kirib bordilar. Kichkinagina hujra. Bir tomonda yalong‘och bir sadr. Ustida teridan tikib, ichiga poxol solingan bir to‘shak. Bir burchakda xaltaning tagida bir hovuch suli. Bitta po‘stak, nariroqda suvi bo‘shagan mesh. Allohning so‘nggi Payg‘ambari, butun Islom olamining rahbari, dunyoning yarmiga Alloh taoloning haq dinini yoyib, yotqizib-turg‘izayotgan komil insonning uy jihozlari shular edi, xolos. Hazrati Oisha (r.a.) ham ana shu kamtarona hayot tarziga ko‘nganlar. Oylab qozon osilmasa ham, go‘sht va bug‘doy noni bu xonadon uchun nihoyatda tansiq bo‘lib ketsa ham, yemishlari nuqul xurmo va suv bo‘lib qolsa ham zorlanmaydilar, Rasuli akramni (s.a.v.) ta’na va malomat bilan qiynamaydilar. Chunki bu zot Alloh roziligi yo‘lida shu turmushni, shu yo‘lni tanlaganlarini yaxshi biladilar. Hujradagi bu holatni, Rasuli akramning (s.a.v.) birgina ehromda o‘tirganlarini ko‘rib, hazrati Umar (r.a.) o‘zlarini tutib turolmadilar. Ko‘zlaridan yosh jalasini oqizib, yig‘lab yubordilar. Rasuli akram (s.a.v.) taajjublanib, yig‘i sababini so‘radilar. Hazrati Umar (r.a.) hamon o‘zlarini bosolmay, bolalar kabi piq-piq yig‘lab javob aytdilar: – Siz ustida yotgan ko‘rpa badanlaringizga botib, iz qoldiribdi. Butun mol-mulkingiz shu xona ichida, ko‘rib turibman. Qozoningizga nima tushayotganidan ham xabarim bor. U yoqda qaysarlar va kisrolar oltin-kumush ichra ko‘milib yotibdi, dunyoning butun zavq-shavqi va lazzatiga g‘arq bo‘lgan, dasturxoniga kuniga bir necha xil taom va nozu- ne’matlar tortiladi, bir necha sidra kiyim kiyadi. Aslzodalar, boylar, akobirlar ham dunyo ne’matlaridan foydalanishda ulardan qolishmaydi. Siz esa Allohning Payg‘ambarisiz, musulmon olamining rahnamosisiz, shundayin hayot kechiryapsiz, shunga aslo tog‘at qilolmayapman. Rasuli akram (s.a.v.) hazrati Umar gapini tugatishi bilan nim tabassum qilib qo‘ydilar- da:
– Ey Xattobning o‘g‘li! Sen bu dunyo ularniki, oxirat ne’mati bizniki bo‘lishini istamaysanmi? Mening bor umidim – oxirat dunyosidan! – deb marhamat qildilar. Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling