Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
Pushaymonlik Tarixdan ma’lumki, Hudaybiya sulhiga imzo chekib bo‘lingach, u yerga Suhayl o‘g‘li Abu Jandal kelib qoldi. U avval Makkada musulmonlikni qabul qilgani uchun otasi tomonidan zanjirband qilinib, qamab qo‘yilgandi. U ming mashaqqat bilan qamoqdan qutilib chiqib, zanjirini sudraganicha sulh tuzilgan joyga kelgan va musulmonlardan panoh so‘ramoqchi bo‘lgandi. Shunda Abu Jandalning otasi Suhayl: «Sulh shartlariga muvofiq sizdan birinchi bo‘lib so‘raydigan narsam shuki, o‘g‘limni qaytarib bersangiz, agar berilmasa, sulh buziladi», deb oyoq tirab turib oldi. Rasuli akram (s.a.v.) Abu Jandalni sulh hukmidan istisno etilishini xohlagan edi. Biroq qurayshiylar rahnamosi Suhayl qaysarlik qilib turib oldi. Valiysining istagiga yon bosib, Abu Jandalni topshirishga rozi bo‘ladilar. Bechora Abu Jandal vaziyatning bunday tus olib ketganidan xafa bo‘lib, qovoq-tumshug‘i osilib ketgandi. U musulmonlarga qarata shunday dedi: – Men musulmonlikni qabul qilganim uchun bu azob-uqubatlarga giriftor bo‘lib, zulm va xo‘rlik ko‘rgandim. Meni yana o‘sha mushriklarning qo‘liga topshirmoqchimisizlar? Axir manavi yaralarim hali bitib ulgurgani ham yo‘q-ku! – deya o‘zining nochorlikda va iztirobda qolganini bildirib, birodarlaridan marhamat va najot kutardi. Uning ahvolini ko‘rib, janobi Rasululloh (s.a.v.) tasalli berdilar: – Ey Suhaylning o‘g‘li! Sabr qil, Allohdan umidingni uzma! Biz musulmonlar mag‘lub bo‘lmaymiz! Alloh taolo yaqinda senga va sen kabilarga najot yo‘lini ko‘rsatadi, berishga majburmiz, uning hukmlarini buzish esa bizga to‘g‘ri kelmaydi. Abu Jandal yana kishanlangan holda Makkaga qaytarildi. Bu holat, bu muomala hammaning asabini tarang, o‘zini garang qilib qo‘ygandi. Musulmonlar g‘alayonga
|
ma'muriyatiga murojaat qiling