Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

41

mening uchun ikki do‘st yoniga dafn qilinmog‘imdan ko‘ra muhimroq narsa yo‘q edi!» - 



dedilar. 

So‘ngra mo‘minlar onasi Xafsa (hazrati Umarning qizlari) bir necha ayollar bilan kirib 

kelishdi. Erkaklarni ko‘rib, ayollar tashqarida qolishdi, birgina Xafsaning yolg‘iz o‘zlari 

hazrati Umarning huzurlariga kirib, tepalarida bir muncha vaqt yig‘lab o‘tirdilar. 

To‘planganlar hazrati Umarga: «Ey mo‘minlar amiri, vasiyat qilib, biror kishini 

o‘rningizga xalifalikka qoldiring», deyishdi. Shunda Umar (r.a.): «Men bu ishga 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlari oldida roziliklarini bildirgan o‘shal 

kishilardan ko‘ra haqliroq biror odamni topmadim. Janob Rasululloh o‘shanda Ali, 

Usmon, Zubayr, Talha, Sa’d va Abdurahmonni tilga olgan edilar. O’g‘lim Abdulloh ibn 

Umar esa mening oldimda «Xalifalikni talab qilmayman», deb so‘z beradi. Uning xalifalik 

xususida hech qanday haq-huquqi yo‘q bo‘lib, mening bu vasiyatim uning uchun 

xalifalikni talab qilmoqdan tiyib turuvchi bir ulug‘ hay’at kabidir. Agar xalifalik Sa’dga 

nasib etsa, bu Alloh taoloning irodasidur. Basharti nasib etmasa, qaysi biringiz ham 

xalifa bo‘lsangiz, o‘z ishingizda unga suyaning, chunki men uning ojizligu xiyonat 

qilganini sira bilmayman», - dedilar. 

Keyin yostiqdan boshlarini arang ko‘tarib, to‘planganlarga so‘nggi vasiyatlarini 

aytdilar: «Mening o‘zimdan keyingi xalifaga qiladigan vasiyatim shuki, avvalgi 

muhojirlarning haq-huquqlarini e’tirof qilib, ularning izzat-hurmatini joyiga qo‘ysin! 

Madinaga va iymonni qalblariga jo etgan ansorlarga yaxshilik qilsin, ularning yaxshi 

ishlarini qabul aylab, yomonlarini kechirsin! Men unga yana bunday vasiyat qilurman: 

shahar ahliga yaxshilik ko‘rsatsin, chunki ular Islom tayanchi, mol yiQuvchi va 

dushmanga qiron keltiruvchi bo‘lib, ulardan rozi qilib ortiqcha mollarigina olinadi. Men 

unga yana bunday deb vasiyat qilurman: badaviylarga yaxshilik qilsin, chunki ular 

arablarning ildizi va Islom o‘zagi bo‘lib, ularning sarxil bo‘lmagan mollaridan olinib, 

faqirlariga qaytariladi. Men unga yana bunday deb vasiyat qilurman: «Alloh taolo va 

uning Rasuli zimmasidagi (ya’ni, zimmiylar bilan musulmonlar o‘rtasidagi) ahdnomaga 

vafo qilsin, zimmiylarni himoya aylasin, ularga tog‘atlari yetadigan yuknigina 

yuklangizlar!» 

Hazrati Umar (r.a.) yuqoridagi vasiyatni aytib bo‘lgach, hijriy 23 (milodiy 645) 

sananing 27-zulhijja kuni og‘ir jarohatlardan tuzala olmay, jonni Haqqa topshirdilar. 

Janozalari masjidda o‘g‘ildi, Suhayb Rumiy imom bo‘ldilar. Tobutlarini ko‘targan yuzlab 

kishilar Oisha onamizning hujralari tomon yo‘l olishdi. Abdulloh ibn Umar u 

muhtaramaga salom berib: «Umar ibn al-Xattob ikki do‘stlari yoniga dafn 

qilinmoqliklariga izn so‘rayotirlar!» - dedi. Oisha onamiz: «Tobutni hujramga olib 

kiraveringlar», dedilar. Hazrati Umarning (r.a.) jasadlari hujrai saodatga olib kirilib, ikki 

do‘st yoniga dafn etildi. Shunday qilib, hazrati Umarning (r.a.) xalifalik davrlari o‘n yilu 

olti oy davom etdi. Bu zot ham vafot etganlarida, Payg‘ambarimiz Muhammad 

alayhissalom kabi 63 yoshda edilar. 

Amiral mo‘minin hazrati Umar jisman vafot topgan esalar-da, u zotning Alloh yo‘lida, 

Uning dini ravnaqi yo‘lida olib borgan ishlari, ulug‘ xizmatlari, jasorat va fidoyiliklari 

musulmonlar olamida yaxshilik va adolat timsoli sifatida yashab kelyapti. Rasuli akram 

(s.a.v.) Umar (r.a.) haqlarida: «Alloh taolo to‘g‘rilikni Umarning tiliga va qalbiga soldi», 

degandilar. Yana hazrati Umarga «Islom davlatini boshidan to‘g‘ri asosga bino qilgan 

zot», deb ta’rif berilgan edi. Alloh taolo barcha ashobi kiromlar qatori hazrati Umar ibn 

Xattobdan rozi bo‘lsin! 

 

www.ziyouz.com



 

2008


 

Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling