Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
JAHOLAT ZAMONI Sahrodagi voqea Kechga borib havo aynidi. Osmonni bir zumda chang-to‘zon qopladi. Kun bo‘yi olov selini yog‘dirgan quyosh ham jamolini berkitib oldi. Garmsel issig‘ini yuzlarga urib turgan shamol yanada kuchaydi. Uchib yurgan qumlar og‘iz, ko‘zlarga kirar, tishlar orasida g‘ijirlar edi. Kechgacha yo‘l yurib holdan toygan, tashnalikdan og‘zi ko‘pikka to‘lib, tumshug‘iga ko‘pirib chiqqan tuyalar sarbonning buyruqlariga ham bo‘ysunmay qo‘ydi. Savdogarlarning karvonni to‘xtatib, shu yerda manzil qurishdan o‘zga chorasi qolmagandi. Makkadan o‘n chaqirim berida, issiq shamol uvillab yotgan sahroda tunab qolish Umarga juda alam qilayotgandi. Ayniqsa, bir oy o‘zga yurtlarda sarson- sargardonlikdan keyin, shomlik savdogarlar bilan qizg‘in talashib-tortishuvlardan keyin, safar mashaqqat-azoblaridan charchagan vujudlar orom, farog‘at, taskin istab turgan bir paytda bu majburiy qo‘nish hammaga ham malol kelayotgandi. Shu payt tuyalardan biri yoshgina tuyakashga bo‘ysunmay, karvondan chetga chiqdi- da, lo‘killab qocha boshladi. Bir necha kishi tuya ortidan yugurib ketdi. Sababi unga nodir buyumlar yuklangan bo‘lib, savdogarlar tuyaning beboshligidan sarosimaga tushib qolishgandi. Yarim soatlardan keyin tuyakash bola sarkashni sudrab keldi. Umar tutog‘ib ketganidan, hech narsa so‘ramadi. Tuyakashni qamchi ila yuz-ko‘zi demay, savalab ketdi. Tuya ortidan chopaverib, shundoq ham holdan toygan bola yerga yuztuban yig‘ildi. Yuz-ko‘zi qonga belandi, qumga aralashib loyga aylandi. Umarning jahli shunda ham pasaymagan, G’azabi so‘nmagan edi. Agar sheriklari o‘z vaqtida to‘xtatib qolishmaganida, u bolani kaltaklab o‘ldirib qo‘yishi hech gap emas edi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling