Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

«Otajon, rahm qiling!» 

Bugun eng fojiali, eng baxtsiz kun edi. Bugun musibatli va tengsiz uqubat kuni edi. 

Makkaning taniqli  kiborlaridan biri Umar ibn Xattob johiliyat davrining qabih va yaramas 

bir odatini amalga oshirmoqchi edi. U qabiladoshlarining urfiga rioya qilib, o‘z qizini, 

jajjigina, mushtipar, ma’suma qizchasini tiriklay ko‘mib yubormoqchi edi. Chunki barcha 

hijozliklar qatori qurayshiylar ham qiz farzand ko‘rishni o‘zlariga ayb va or sanashar, 

yoshligidayoq tiriklay yerga ko‘mishardi. 

U hovlida o‘ynab yurgan qizchasini oldiga chorladi. Qizaloq o‘yinini tashlab, chopqillab 

otasining oldiga keldi: «Labbay otajon!» 

– Yur, seni bir o‘ynatib kelay! – Umar shunday deb qo‘liga yog‘och kurakchasini oldi. 

Savol nazari bilan tikilib turgan qizchasiga dalda berdi: 

– Hozir senga bozordan chiroyli ko‘ylakcha olib beraman. 

Qizi xursand bo‘lib, otasiga ergashdi. Ular yetaklashib shahar tashqarisiga chiqishdi. 

Umar tepalik yaqinidan bir joyni kavlay boshladi. Qizi hayron bo‘lib so‘radi: 

– Otajon, chuqurni nima qilasiz? 



Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

5

– Unga seni ko‘mmoqchiman. 



Nega bunday qilasiz, axir men sizning qizingizman-ku, rahmingiz kelmaydimi? 

– Ota-bobolarimizning odati – bu! 

Ammo qizaloqqa bu dalil ishonarli emas edi. Shuning uchun u jonining boricha bemehr 

otadan va tahlikali joydan qocha boshladi. Umar ikki hatlashdayoq dag‘-dag‘ titrayotgan 

qiziga yetib oldi. Jajji qo‘lchalaridan siltab tortib yana chuqur oldiga olib kelib o‘tqazib 

qo‘ydi. Qizcha yana qochmoqchi bo‘ldi. Ammo otasining kuchli va dag‘al qo‘llari uni yana 

chuqur oldiga irg‘itdi. 

Shu payt chuqur kavlayotgan Umarning otgan tuprog‘i sachrab yuz-ko‘ziga sochildi. 

Otasining qilmishlarini ko‘zida yosh jalasi, qo‘rquv va taajjub ila kuzatib turgan qizaloq 

otaning terchigan yuziga sochilgan tuproqni shiringina qo‘llari bilan tozaladi, soqolini 

tarab ularni tushirdi. 

– Otajon, meni ko‘mib yuborsangiz, soqolingizni kim tarab, yuzingizni kim tozalaydi? 

Umar qizining qo‘lchalarini siltab tashladi, o‘zini itarib yubordi. Yana qazishda davom 

etdi. 


Hozir uning qalbida bir-biriga zid ikki tuyg‘u kurash boshlagandi: «Olti yil avaylab-

e’zozlab o‘stirgan qizchasini o‘z qo‘li bilan tiriklayin yerga ko‘myapti. Bordi-yu, uni 

yetaklab Makkaga qaytsa, nima bo‘ladi? Qurayshiylarning masxarasiga, ta’na-

malomatlariga qoladi-ku!» 

Ko‘mib yuboray, desa, qizining yalinchoq nolalari, «Otajon rahm qiling», degan 

iltijolari yuragini qiymalayotganga o‘xshardi. Uni o‘ldirib yuborsa, umr bo‘yi vijdon 

azobiga qolib ketmasmikin? 

Birdan Umar o‘ziga keldi. Fitratidagi toshbag‘irlik, qahri qattiqlik ustun bo‘ldi. Qizchani 

jahl bilan, dod-faryodiga quloq solmay, chuqur ichiga tortib tushirdi. Shoshib yerga 

yuztuban yig‘ilgan qizi ustiga tuproq tashlay boshladi. Uning faryod solib o‘rnidan 

turmoqchi bo‘lganini ko‘rib, qo‘pol oyoqlari ila murg‘ak va ojiz tanani bosib turdi. Tuproq 

qimirlamay qolgandan keyingina peshonasidagi terni arta-arta qabrdan uzoqlashdi. U 

uyiga qarab ketarkan, yuzida g‘azab, vajohat, qahr o‘ynab turar, ammo ko‘zlari g‘ij 

yoshga to‘lgan edi... 




Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling