Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 shu payt ko‘zi sal nariroqda otdan tushmay, o‘g‘lining olishuvini tomosha qilib o‘tirgan otasiga tushdi. Yuragini vahima chirmadi. Tuyalarni o‘z holiga tashlab, kurash tushayotganidan otasining jahli chiqishini o‘ylab, oyoq-qo‘liga titroq kirdi. Qattiqqo‘lligi, toshbag‘irligi, qahri kuchliligi bilan butun Makkaga dovrug‘i ketgan Xattobdan o‘g‘li u yoqda tursin, hatto kattalar ham hayig‘ib yurishardi. Uning jahli chiqib qolganida yoki biror narsadan achchiqlanganida ro‘para bo‘lishdan Xudoning o‘zi asrasin. U nafaqat qullarning, balki kichkina Umarning yelkasida ham qamchisini tez-tez sinab ko‘rar, jonidan yaxshi ko‘rgan o‘g‘lini ayovsiz kaltaklab turar, buning sababini so‘raganlarga yoki o‘rtaga tushmoqchi bo‘lganlarga: «Qo‘yaver, mayli pishisin, Xattobning o‘g‘li bo‘shang, qo‘rqoq va noshud bo‘lib o‘sishini xohlamayman», deb o‘zini ovutardi. Shuning uchun Umardan kaltak yegan yoki kurashda yengilgan bolalar uning badanidagi, oyoq-qo‘lidagi kaltak, qamchi izlarini ko‘rib tasalli topishardi. Hozir ham unga qamchi tushib qolishi hech gap emasdi... Umar qo‘rqa-pisa otasiga qaradi. Ammo uning vajohatli yuzida qahr-g‘azab alomatlarini emas, nimtabassum va mamnunlik ko‘rinishlarini o‘qidi. Vujudidagi taranglik, zo‘riqish bo‘shashdi. U ham otasiga jilmayib boqdi. – Yasha, o‘g‘lim, mening arslon o‘g‘lim, - degan xitoblar bilan Xattob otdan tushdi, o‘g‘lining yelkasiga zalvorli qo‘llari bilan bir-ikki urib qo‘ydi. Umar munkib ketay dedi. Otasi yana uni rag‘batlantirib qo‘ydi: «Bolalar bilan kurash tushganingni ko‘rdim. Har g‘alay tarbiyam behuda ketmabdi. Chavandozlik va merganlikda qanchalik ilgari bo‘lsang, kurashda ham shunaqa maqomga ega bo‘libsan. Xattoblar xonadoniga, Bani Maxzum qabilasiga munosib o‘g‘lon bo‘libsan!» O’g‘li tuyalarni qaytarish uchun chopib qolarkan, Xattob u tug‘ilgan paytni xotirlab, jilmayib qo‘ydi. Xotini Xontamaning oy-kuni yaqinlashganida unga: «Qiz tug‘ishni xayolingga keltira ko‘rma, Makkada hech kimga gap bermaydigan Xattobning qiz farzand ko‘rishi mumkin emas, agar shu safar o‘g‘il tug‘sang, keyinchalik qancha qiz ko‘rsang ham roziman», deb dag‘dag‘a qilganlarini esladi. O’shanda Alloh unga o‘g‘il ato etdi. O’sha o‘g‘li Umarni endi o‘ziga o‘xshash botir, shijoatli, haybatli bo‘lishini orzu qilardi. Umarni qanchalik yaxshi ko‘rmasin, ana shu niyat yo‘lida uni kaltaklashdan ham o‘zini tiya olmasdi. Umar ham otasining yuzini, qabilaning yuzini yerga qaratadigan bola bo‘lib ulg‘aymayotgandi. Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling