Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

6

Oxiri Umar holdan toydi, peshonasidagi reza-reza terlarni qomiysining etagi bilan 



artib, ona-bolaga ko‘zlarini qahr bilan tikdi: 

– Xo‘sh, Lubayna, kaltakka to‘ygandirsan? Senga rahmim kelganidan emas, 

charchaganimdan to‘xtadim. Oxirgi marta so‘rayman, bekangning aytganiga 

ko‘nasanmi-yo‘qmi? 

Lubayna og‘zidagi qonni tupurib tashladi, indamay Umarga qarab, «yo‘q» deganday 

bosh chayqadi: 

– Yana savashimni xohlayapsan, shekilli? 

Sen-ku kaltaklab charchaysan, Umar, ammo men kaltak yeyishdan 

charchamayman. Sening qamchilaring mening qalbimdagi iymonni mustahkamlayapti, 

xolos!.. 

Ayol gapini tugata olmadi. Umarning a’zoi badani qaltirab, jazavaga tushdi

ilojsizlikdan, gapiga ko‘ndirolmaganidan alamga kirdi va «uv» deya qichqirganicha, 

holdan toygan Lubaynaga tashlanib, uni bo‘g‘a boshladi. Bu ikki cho‘ri kim bo‘libdiki, 

hech kim gapini ikki qilolmaydigan Umarga tik boqsa, gapiga rad javobi bersa?! Ularning 

ishongani kim o‘zi, suyangani nima o‘zi?! 

Umar go‘yoki quturgan bir maxluq holatiga tushgandi, ko‘ziga hech narsa ko‘rinmasdi. 

U baquvvat va dag‘al qo‘llari bilan Lubaynani bo‘g‘arkan, ayol bor kuchini to‘plab, uning 

qo‘llarini ajratib tashlamoqchi bo‘ldi, ammo kaltaklar zarbidan holsizlangan tananing 

bunga majoli yetmadi. Lablari «Alloh, Alloh», deya pichirladi-yu boshi shilq etib shalvirab 

tushdi. Umar uni o‘ldi, deb o‘ylab qo‘lini bo‘shatdi. Endi u boyadan beri qiziga azob 

berayotgan Umarga qo‘rquv, dahshat va g‘azab bilan termulib turgan Nahdiyya tomon 

yurdi. Uni ham rosa kaltakladi, keyin tomog‘idan olib bo‘g‘di. Bechora ona ham hushidan  

ketdi. Umarning shunda ham g‘azabi so‘nmagan, jahli pasaymagan edi. 

Oradan bir necha kun o‘tib, beva ayol yana cho‘rilarini xo‘rlab, kaltaklayotganida bir 

voqea sodir bo‘lganini Umar eshitib qoldi. Beva ayol: «Yo ota-bobolarimiz diniga 

qaytasizlar, yo o‘lib qutilasizlar», deb xo‘rlayotganida, yaqindagina Islomga kirgan 

Makka kiborlaridan Abu Bakr shu yerdan o‘tib qolibdi va ikki cho‘rini sotib olib, Alloh 

roziligi yo‘lida ozod qilib yuboribdi. Bu xabardan Umarning hayronligi oshdi, Abu Bakr 

bilan urishmoqchi ham bo‘ldi. Nimadir uni bu yo‘ldan qaytarib qoldi... Nimadir uning 

qalbini bezovta qilayotgandi... 




Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling