Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

Bo‘ysunmas joriyalar 

Umar ko‘chadan kelib, endigina istirohat uchun yonboshlamoqchi edi, qo‘shni ayol 

kirib keldi: 

– Menga qara, Ibn Xattob, sendan yordam so‘rab chiqdim. Ikki joriyam sarkashlik 

qilib, jonimga tegyapti. Ota-bobolarimizning dinini tashlab, anavi Muhammad 

deganlariga ergashayotgan emish. Yo‘lga solishga kuchim yetmayapti, bilasan, 

boshimda erkagim yo‘q. Sen bir ta’zirini berib qo‘yarmikansan, deb chiquvdim.  

Umarga jon kirdi. Uning vujudida yovvoyi bir kuch, shafqatsiz bir telba tuyg‘u aslo 

tinchlik bermas, fitratidagi badjahllik, qaysarlik, urishqoqlik hamisha uni gij-gijlab turar, 

qaerda janjal-to‘polon bo‘lsa, o‘sha yerda Umar hoziru nozir edi. Hozir ham endigina 

qoziqqa ilgan qamchisini olib, bevanikiga qarab yurdi. Kira-solib, ona-bola Nahdiyya va 

Lubaynani ayamay, boshi-ko‘zi demay savalay ketdi. U «dindan chiqqan» ona-bolani 

uzoq qamchiladi, ularning yuz-ko‘zi qip-qizil qonga belandi. Umar ora-sira urishdan 

to‘xtab, ayollarning «insof»ga kirib, uzr so‘rashini kutar, ammo ularning shuncha 

kaltakka ham parvo qilmay, «iymon», «iymon», deyaverishlari battar G’azablantirardi. U 

yana jazavaga tushganicha, qamchi ustiga qamchi yog‘dirardi. 




Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 




Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling