Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi 38
Bir gal shunday voqea yuz berdi. Navbatdagi fathlardan birida Islomiyatga kirgan o‘lkadan ko‘plab mol-mulk o‘lja qilib keltirildi. Tartibga ko‘ra, o‘lja mol hammaning o‘rtasida baravar taqsim qilinardi. Shunda qiziq hodisa ro‘y berdi. Ko‘ylaklik gazlamalar hammaga teng taqsimlangandi-yu ammo u oz bo‘lgani uchun birorta odam ham o‘ziga ko‘ylak tiktirolmasdi, chunki bir kishining ulushi ko‘ylakka yetmasdi. Shunda hazrati Umarning (r.a.) o‘g‘li Abdulloh bir tadbir topdi: – Berilgan mato menga ko‘ylaklikka yetmaydi, ozlik qiladi. Otamning ulushi ham uning o‘ziga kamlik qiladi. Yaxshisi, men o‘zimga tegishli matoni otamga hadya qilsam, unga ko‘ylak tikish uchun yetarkan. Abdulloh shunday ham qildi, ota-bolaning ulushidan hazrati Umarga (r.a.) bir ko‘ylak tikildi. Kunlardan bir kuni hazrati Umar (r.a.) ana shu kiyimda minbarda so‘zlayotganida, bir faqir kishi o‘rnidan turib, unga malomat qila boshladi: – Ey amiral mo‘minin, endi men sening gapingga ishonmayman, senga itoat ham qilmayman. «Nega?» desang, sen Alloh va Uning rasuli buyurgan ishni qilayotganing yo‘q. Hazrati Umar (r.a.) sarosimaga tushib qoldi va o‘sha odamdan ajablanib so‘radi: – Bu nima deganing? O’sha kishi o‘rnidan turib, so‘zlay ketdi: – Bir kuni o‘lja bo‘linayotganida, har birimizga tekkan matodan bir ko‘ylak chiqmasdi. Shuning uchun biror kishi o‘ziga tekkan ulushdan ko‘ylak tiktira olmadi. Sen esa xalifaligingdan foydalanib, o‘zingga ikki hissa ulush olibsan, mana ko‘ylak tiktirib, kiyib ham olibsan. Hazrati Umar (r.a.) xijolatlikdan qip-qizarib ketdi. Ammo ayni paytda bu kishining haqni gapirayotganidan xursand ham edi. U najot izlaganday atrofiga boqdi, nigohi odamlar to‘pi ichidan kimnidir axtara boshladi. «Oralaringda Abdulloh bormi, bor bo‘lsa, haqiqatni aytib bersin!» dedi xalifa. Xayriyatki, Abdulloh shu yerda, jamoat orasida ekan, o‘z ulushidan voz kechib, otasiga ko‘ylak tiktirib berganini aytib, xalifani xijolatlikdan qutqardi. Bundan qoniqish hosil qilgan boyagi odam uzr so‘radi: – Voqea shunday bo‘lgan ekan, mayli, men so‘zimni qaytarib oldim. Haqiqatan tushunmovchilik bo‘libdi. Sening gapingga endi ishonaman, itoat ham qilaman... Hazrati Umar (r.a.) shundagina yengil tin oldi, yuziga qizillik yugurdi. U tushunmay malomat qilgan odamdan xafa ham bo‘lmadi. Aksincha, shunday teran fikr yurituvchi, sergak va haqgo‘y odamlar borligidan xursand bo‘ldi. Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling