Kimning chirog‘i?
Bu voqea hazrati Umarning (r.a.) Madinada xalifalik qilib turgan paytlarida sodir
bo‘lgandi. Bir kuni u zotning huzuriga makkalik Abdurahmon ibn Avf mehmon bo‘lib
keldi. Qorong‘u kecha edi. Hazrati Umar (r.a.) uylarida davlat ishlari bilan mashQul edi.
Abdurahmon kirib kelganda, salomlashdi-da, unga joy ko‘rsatib, o‘tirishni va ishlarni
tamomlagunlaricha kutib turishni iltimos qildi. Oshnalari xalifaning ishlarni tugatishini
sabr bilan kutib turdi.
Nihoyat, hazrati Umar (r.a.) ishlarini tamomlab, yonib turgan chiroqni o‘chirdilar va
boshqa bir chiroqni yoqa boshladilar. Buni hayrat va taajjub bilan kuzatib turgan
oshnalari bir chiroqni o‘chirib-boshqasini yoqishining sababini so‘radi. Hazrati Umar
(r.a.) unga shunday javob qaytardilar:
– Boyagi o‘chirgan chirog‘imning yog‘i davlat xazinasidan olingandi. Davlat ishlarini
qilayotganimda, u yonib tursa, menga halol bo‘lardi. Sen esa mening oshnam bo‘lganing
uchun sen bilan qiladigan suhbatimiz o‘zimizga tegishli bo‘ladi. Shu sababli yog‘ini o‘z
pulimga sotib olgan ikkinchi chiroqni yoqib qo‘ydim. Davlat molini xususiy ishlarda
foydalanilsa, yorug’lik o‘rniga qorong’ulik, ya’ni uyat va insofsizlik bo‘lur edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |