Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

Faqir hokim 

Hazrati Umar (r.a.) Said ibn Omir al-Jumahiyni Ximsga voliy qilib tayinladi. Uni 

safarga jo‘natish oldidan huzurlariga chaqirib: 

– Ey Said, mana voliy bo‘lib ketyapsan, senga qancha maosh ajratay? - deb so‘radilar 

xalifa.  

Said ibn Omir talmovsirab qoldi. U amirning o‘zi juda oz maoshga qanoat qilib 

yurganini, uyida ko‘pda qozon qaynamasligini, kiyimida bir necha yamoq borligini 

eshitgandi. Shuning uchun xijolat bo‘lib: 

– Ey amiral mo‘minin, men maoshni nima qilaman? Baytul-moldan berib turiladigan 

nafaqa (ya’ni, kiyim va ovqat)ning o‘zi yetadi, - deb javob qaytardi  va  Ximsga  jo‘nab 

ketdi. 

Said Ximsda voliylik qilib tayinlanganidan keyin bir oz vaqt o‘tgach, Umar ibn Xattob 

(r.a.) bir guruh ishonchli kishilar bilan Ximsga keldilar. Maqsad – voliyning ishi bilan 

tanishmoq, kamchiliklarini tuzatmoq, adolatsizlik qilgan bo‘lsa, tanbeh bermoq edi. 

Xalifa xalqning hayoti bilan tanishish, muhtoj va miskinlar bo‘lsa, ularga yordam 

ko‘rsatish uchun bechora-faqir kishilarning ro‘yxatini olishga buyurdilar. Ro‘yxat tuzildi. 

Uni ko‘rayotgan Umar (r.a.) ro‘yxatning avvalida «Said ibn Omir» ismiga nogoh ko‘zlari 

tushib, atrofdagilardan so‘radilar: 

– Kim bu? 

– Bizning voliyimiz... 

– Ie, u ham faqirlar qatoridami? - hayron bo‘lib so‘radilar xalifa. 

– Ha, judayam faqir. Vallohi, uning uyida oylab o‘choqqa o‘t g‘alanib, ovqat 

pishirilmaydi. 

Bu gaplarni eshitib, hazrati Umar (r.a.)  yig‘lab yubordilar. Bu qandoq mo‘minki, o‘zi 

voliy bo‘laturib, boy bir o‘lkaning hukmdori bo‘laturib, o‘zi kambag‘allarcha turmush 

kechirsa, Baytul-moldan yegulik olishga haddi siQmasa. U-ku bir voliy ekan, butun Islom 

olamining xalifasi hazrati Umarning (r.a.) o‘zlari-chi? Uning ham xonadonida uncha-

munchaga qozon qaynamaydi, egnidagi xirqasining bir necha yamog‘i bor. 

Musulmonlikning, mo‘minlikning qismati shundoq. Voliysi ham, xalifasi ham, olimi ham, 

fozili ham sabr-qanoatda, tamkin-itoatda bir-biridan o‘zishga harakat qiladi. 

Hazrati Umar (r.a.) shundan keyin voliyning vakillariga ming dinor berib tayinladilar: 

– Mendan Saidga salom aytinglar. Mana bu pullarni amiral-mo‘minin muhtojlikdan 

qutilishing uchun berib yubordi, deb aytinglar. 

Umar ibn Xattob (r.a.) yuborgan xaltachani vakillar Said ibn Omirga keltirib berishdi. 

Voliy hayron bo‘lib ochib ko‘rdi. Qarasa, ichi to‘la dinor... Shunda u boshiga og‘ir kulfat 

tushgan odamday, istirjo aytdi: «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un». Xaltachani chetga 

surdi, kayfiyati buzildi, yuragi siqildi. Oxiri barcha dinorni mayda xaltachalarga solib 

taqsimladi va hammasini musulmonlarga tarqatib, tinchidi. 



 


Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 




Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling