* * *
Bir marta Umar (r.a.) Madina ko‘chalarida yurgandilar, ozg‘inlikdan to‘zib ketgan
qizchani ko‘rib qoldilar. Qiz bir turar, bir yig‘ilardi. Shunda Umar (r.a.): «Bu qizaloqning
aybi nima?! Gunohi ne?! Qaysi biringiz bu qizchani taniysiz?» dedilar. O’g‘illari Abdulloh:
«Tanimadingizmi, ey mo‘minlarning amiri?» deganda, u kishi: «Yo‘q», dedilar. Abdulloh
aytdilar: «Bu – qizlaringizdan biri!».
– Bu qaysi qizim?
– Umarning o‘g‘li Abdullohning qizi Falona.
– Essiz, uning bu holga tushishida nima sabab bo‘ldi?
– Sizdagi narsa bundan to‘sib qo‘ydi.
– Allohga qasamki, menda musulmonlarnikichalik haqqingdan boshqa narsa yo‘q.
Bu men va sizning o‘rtangizdagi Allohning kitobi (farzi)dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |