Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
Zo‘ravonlik ketmaydi Mo‘minlar amiri Umar ibn Xattob (r.a.) bir gal Abbos ibn Abdulmuttalib (r.a.) hovlisining hisobiga Masjidul Haromni kengaytirmoqchi bo‘ldilar. Abbos ibn Abdulmuttalibning hovlilari masjidga qo‘shni edi. Hazrati Umar (r.a.) undan hovlisining bahosini so‘radilar. Ammo Abbos hovlini sotishga ko‘nmadi: – Yo‘q, amiral mo‘minin, bu narsaga ruxsat etmayman. Umid qilamanki, xalifa sifatida zo‘rlik bilan tortib ham olmaysiz. – Xo‘sh, unda nima qilay? – so‘radilar hazrati Umar (r.a.). – Ey amiral mo‘minin, unda ikkovimizning o‘rtamizni adl ajrim qilib beradigan odil qozini tanlang, – dedi Abbos. Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi 32 – Qozini sen tanlashing kerak, toki mansabidan foydalanib, menga zulm ko‘rsatdi, deya ta’na-malomat qilmasliging uchun sen tanlaganing ma’qulroq, – dedilar hazrati Umar (r.a.). Abbos ibn Abdulmuttalib (r.a.) Shurayx ismli qozini tanladi. Uning taklifiga xalifa ham rozi bo‘ldi. – Unda Shurayhga odam jo‘nating, huzuringizga yetib kelsin, - dedi Abbos. – Yo‘q, u kelmaydi, bil’aks biz uning huzuriga boramiz, - dedi Umar ibn Xattob (r.a.). Shundan so‘ng ikkovlon qozining mahkamasiga yo‘l olishdi. Hazrati Umar (r.a.) u yerda Abbos (r.a.) bilan yonma-yon tik turdilar. Qozi esa o‘tirgan holatda voqeani batafsil diqqat bilan eshitdi. Nihoyat, u hukm qilish oldidan: – Ey amiral mo‘minin, – deya hazrati Umarga (r.a.) iltifot bilan murojaat qildi. Hazrati Umar (r.a.) bundan narozilandilar: – Menga bunday murojaat qilmang, zero, qozi xuzurida hamma teng huquqli bo‘lishi kerak. Shundoq ekan, nomimni atab gapiravering. – Ey Umar, menga quloq soling, - dedi qozi. – Nima deysiz, ey Shurayh? – Shubhasiz, Allohning nabiyi bo‘lmish Dovud alayhissalom ham Masjidul Aqsoni yonidagi hovli hisobiga kengaytirmoqchi bo‘lganlarida, Alloh taolodan shunday vahiy kelgandi: «Ey Dovud, Mening Uyimga boshqaning uyini qo‘shib kengaytirmagin. Haromdan eng uzoq uy Mening Uyimdir». Qozi shunday dedi-yu hazrati Umarning (r.a.) da’vosini rad etuvchi hukm chiqarib berdi. Mahkamadan qaytishayotganda, Abbos (r.a.) birdan hazrati Umarga (r.a.) shunday deb qoldilar: – Ey amiral mo‘minin, Alloh taolo nomiga qasamki, qozi chiqargan hukmni eshitgandan so‘ng rizoi nafs bilan Allohning bayti uchun uyimni qo‘shib berishga rozi bo‘ldim. Albatta, kimniki bo‘lishidan qat’iy nazar, birorta uy pul yoki zo‘ravonlik evaziga olinmaydi. Haqlar ham tortib olinishi lozim emas. Haq-huquqlar har qanday holatda ham rizolik va adolat bilan hal etiladi. Hazrati Umar (r.a.) Abbos ibn Abdulmuttalibning (r.a.) bu gaplarini tasdiqlashdan boshqa iloj topolmadilar. Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling