Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
Qasos hammadan olinadi Bir kuni misrlik bir qibtiy Umar ibn Xattobning (r.a.) huzurlariga kelib, Misr voliysi Amr ibn Osning o‘g‘lidan shunday shikoyat qildi: «Men poygada Amrning o‘g‘lidan o‘zib ketsam, u alam qilib, meni qamchi bilan nohaq urdi, ustingdan xalifaga shikoyat qilaman, desam, «Biz aslzodalarmiz, hech kim bizni tergay olmaydi, qo‘lingdan kelganini qil», deb meni haqoratladi». Hazrati Umar (r.a.) darhol Amr ibn Osga xat yozib, o‘g‘li bilan zudlikda Madinaga yetib kelishiga amr etdi. Ota-bola shoshilinch yetib kelib, xalifaning huzuriga kirib borishdi. Ularni ko‘rgan xalifa boyagi misrlik qibtiyni chaqirtirdi. Qo‘liga qamchi tutqazib, voliy Amrning o‘g‘lini kaltaklashga buyurdi. Har urganda hazrati Umar (r.a.) «Ur aslzodaning bolasini!» deb turdilar. Amrning o‘g‘lini urib, qasosini olgan qibtiyga endi uning otasini urishga buyurdilar. Ammo misrlik «Otasida qasdim yo‘q, o‘g‘lidan qasosini oldim», deb xalifani xotirjam qildi.
Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi 30 Amr ibn Os hazrati Umarga (r.a.) ushbu voqeadan mutlaqo bexabar ekanliklarini aytib, uzrxohlik qildi. Ammo xalifa buning bahona bo‘lmasligini aytib, Amrni shundayin ta’naomuz so‘zlar bilan koyidilar: «Sizlar qachondan buyon xalqni o‘zingizga qul qilishga boshladingiz. Holbuki, ularni onalari ozod, hur holda tuqqan-ku!» Umarning (r.a.) adolatlarini qarangki, shikoyatchi oddiy misrlik bir qibtiy bo‘lsa, Amr ibn Os esa butun Misr o‘lkasining voliysi, yangicha ta’bir bilan aytganda, general-gubernatori vazifasidagi kishi bo‘lgan. Hazrati Umar (r.a.) bir haj mavsumida butun xalqni yig‘ib, voliylar ishtirokida ularga xutba so‘zladilar: «Ey xaloyiq, men ushbu voliylarimni sizga haqlik bilan hukm yurgizishlari uchun yuborganman. Aslo sizning taningizga, molingizga egalik qilish uchun jo‘natmaganman. Hozir kimda-kim bulardan zarar yoki aziyat ko‘rgan bo‘lsa, turib ochiq aytsin!» Shu payt bir kishi o‘rnidan turib, Misr voliysi unga nohaq ravishda yuz darra urganligini aytib berdi. Buni eshitgan hazrati Umar (r.a.) xafa bo‘lib, o‘zlarini qo‘ygani joy topolmay qoldilar va Misr voliysini savolga tutdilar: «Nima uchun yuz qamchi urding?» Undan ma’niliroq asosni eshitmagan xalifa undan qasos olishga amr etdilar. Bu buyruqni eshitgan Amr ibn Os chidab turolmay, o‘rindan turib ketdi va xalifani bu yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ldi: «Ey amiral-mo‘minin, agar siz bunday yo‘l tutsangiz, voliylarga og‘ir botadi, ularning xalq oldidagi obro‘siga putur yetadi. Sizdan keyingi xalifalarga ham ushbu ish odat bo‘lib qoladi». Hazrati Umar (r.a.) bunga javoban: «Nechun qasos olinmasligi kerak? Hatto Rasululloh ham o‘zlaridan qasos oldirganlar, oldirar edilar», dedilar-da, boyagi shikoyat qilgan odamga buyurdilar: «Voliyni yuz qamchi ur!» Amr ibn Os qarasalar, xalifa niyatidan qaytadigan holatda emas. Endi o‘zga chora qolmaganini tushungan voliy hazrati Umarga (r.a.) yalinishga tushdi: «Ey mo‘minlar amiri, hech bo‘lmasa, bizga har qamchi o‘rniga pul berib, rizo qilishga ruxsat eting!» Xalifa rozi bo‘ldilar. Voliy boyagi odamni har qamchi uchun ikki dinordan olishga ko‘ndirdi va ikki yuz dinor barobariga muqarrar qasosdan qutilib qoldi. Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling