Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

Voliyning tavbasi 

Bir kuni hazrati Umar (r.a.) Madina ko‘chalarida ketib borayotsalar, bir odam yo‘llarini 

to‘sib chiqib, u kishiga ta’na-malomatlar yog‘dira boshladi: «Ey mo‘minlar amiri, sen 

voliylaringga yolg‘iz pand-nasihat qilish bilan Allohning azobidan qutilib qolaman, deb 

o‘ylaysanmi? Holbuki, Misrdagi voliying Iyoz ibn hanam Payg‘ambar alayhissalom 

taqiqlaganiga qaramay, nafis ipak kiyimlar kiyadi, shikoyatchi – hojatmand kirmasin, 

deya eshigida soqchi ham saqlaydi». 

Bu gapni eshitgan hazrati Umar (r.a.) qattiq xafa bo‘ldilar, hatto shu joyning o‘zidayoq 

taftishchilar boshliQi Muhammad ibn Maslamani toptirib keldilar. Uni Misrga borishga va 

yurtning o‘sha paytdagi voliysi Iyozni qandoq holda topsa, shundayligicha Madinaga olib 

kelishga amr etdilar. Tekshirishdan ma’lum bo‘lishicha, Iyoz nafis kiyimlar ham kiygan, 

eshigida soqchi ham ushlagan ekan. 

Iyozni hazrati Umarning (r.a.) huzuriga olib kirishdi. Xalifa Iyozni yechintirib, ustiga 

dag‘al jundan to‘g‘ilgan qora chakmonni kiygizdirib, qo‘liga cho‘ponlik tayog‘ini 

tutqazdilar-da, «Endi sen borib, manovi qo‘ylarni boqib kelasan!» dedilar. Iyoz bundan 

qat’iyan bosh tortdi: «Men katta o‘lkaning voliysi bo‘lsam, qo‘y boqamanmi? Menga 

bundan o‘lim yaqinroq!» dedi. Hazrati Umar (r.a.) yana buyruqlarini takrorladilar. U esa 

yana tixirlik qilib turib oldi. Bundan g‘azablangan hazrati Umar (r.a.): «Sening otang 

qo‘y boqqanligi uchun hanam (ya’ni, qo‘y) deb nomlangan bo‘lsa kerak, sen nega qo‘y 



Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

31

boqishdan or qilasan?» dedilar. Xalifa bilan tortishib battar obro‘si rasvo bo‘lishini 



tushungan Iyoz yalinib-yolborishga tushdi: «Albatta, o‘zimni tuzataman, xatolarni hargiz 

qaytarmayman!» Shundan so‘nggina Umar (r.a.) Iyozning chakmonini yechishga 

buyurdilar va avvalgi vazifasiga qaytardilar. 


Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling