Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

Izzat – Islomdadir! 

Tarix kitoblarida hazrati Umarning (r.a.) fath etilgan Quddus shahriga kirib borishlari 

shunday tasvirlangan: Quddusliklar «xalifangiz kelsagina shaharni sizlarga topshiramiz», 

deyishadi. Hazrati Umar (r.a.) bir tuya, bir xizmatkor bilan Madinadan Quddusga ravona 

bo‘ladilar. Kamtarlikni qarang. Dunyoning yarmini boshqarib turgan amir xohlaganida 

arkoni davlat bilan, as’asayu dabdaba bilan yo‘lga chiqqan bo‘lardi. Ammo uning 

xizmatkordan boshqa kuzatuvchi yo‘q, qo‘riqchisi yo‘q, qilich-qalqon, o‘q-yoy yo‘q. 

Adolatli Umar (r.a.) xizmatkor va o‘zlari navbat bilan tuyaga minib borishaverdi. 

Quddusga yaqinlashganlarida shahar ahli «xalifa kelyapti», deb darvoza kalitlarini 

topshirish uchun uning istiqboliga chiqadi. Shunda tuyaga minish navbati xizmatkorda 

edi. U tuyada, xalifa esa piyoda kelyapti. Bir joyda xalifa Umar (r.a.) suvdan kechish 

uchun pochalarini shimarib oladi. Endi bir tasavvur qilib ko‘ring: «Islom oliy davlatining 

bosh rahbari yalang oyoq, bosh yalang, pochalari shimarilgan holda mag‘lub shaharga 

kirib borayotir... Quddusni qamal qilgan Islom lashkarining bosh qo‘mondoni bu 

ko‘rinishdan xijolat bo‘lib, xalifaga ta’na qiladi: 



Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

33

– Ey Umar (r.a.), ayb bo‘ldi, bu holdan biz uyalamiz. 



Hazrati Umar uning ko‘ksiga bir urib: 

– Yo‘qol ko‘zimdan! Agar shu so‘zingni oldinroq aytsayding, vazifangdan olib 

tashlardim. Izzat – Islomdadir, qiliq-qiyofada emasdir! – dedilar. 


Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling