Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

35

Amir qochib ketdi 

Musulmon olamida bugun bir shodiyona. Ko‘ngillarni quvnatuvchi, dillarni 

yashnatuvchi bir mujda tarqalib, hammani shod-masrur qilgan. Yarmuk jangida 

rumliklar tomonida jang qilgan mashhur sarkarda, hassoniya amiri Jablaxa o‘g‘li Ayxam 

ana shu urushdan so‘ng musulmon ummatining mardlik-shijoatiga,  Islom dinining haq 

din ekaniga tan berib, Islomni qabul qilgandi. Hijratning 16-yili butun Madina ahli o‘z 

yoronlari bilan bu yerga kelgan Jablaxani zo‘r shodiyona bilan qarshi oldi. Xalifa hazrati 

Umar ham Jablaxaning musulmon bo‘lganidan g‘oyat xursand bo‘ldilar. Shu yili Jablaxa 

haj qilish uchun Makkaga jo‘nab ketdi. Ana shu haj paytida hazrati Umar (r.a.) bilan 

Jablaxaning oralarini buzib qo‘ygan mana bu voqea sodir bo‘ldi. 

Jablaxa hayrat va ixlos ila Masjidul Xaromga kirib bordi. Ming-ming hojilarga qo‘shilib, 

Ka’bani tavof qila boshladi. Tavof paytida olomon ichida yurganida, bir a’robiy (sahroyi 

kishi) Jablaxa egnidagi kiyimning etagini bosib oldi. Bundan Jablaxa quturib ketdi. U bir 

amir, mashhur sarkarda, buning ustiga xalifaning mehmoni bo‘lsa-yu allaqayoqdagi 

nasl-nasabining tayini ham yo‘q bir sahroyi ehtiyotkorlikni unutib, uning etagini bosib 

olsa-ya! Jablaxa g‘azabini bosolmay, o‘sha a’robiyning yuziga bir shapaloq qo‘ydi. Bu 

ham kamlik qilganday, uni haqoratlab jerkib tashladi. 

Shunda a’robiy adolat izlab, Umar ibn Xattobni (r.a.) topish uchun ketdi. U xalifa 

hamisha har ishda adl turishini, haq yo‘l uchun hech kimni ayamasligini ko‘p eshitgandi. 

O’zini haqoratlab, zulm ko‘rsatgan Jablaxaning adabini xalifa yaxshilab berib qo‘yishini 

ham bilardi. 

Hazrati Umar (r.a.) Jablaxani toptirib keldi. Uning ham so‘zini eshitib ko‘rgach, ayb 

Jablaxaning o‘zida ekanini bilib oldi. Keyin unga yuzlanib: «Yaxshisi, bu odamni rozi qil, 

bo‘lmasa, sening ham yuzingga uning shapaloQi tushadi», dedi. 

Jablaxa esa taajjubda: «Oddiy sahroyi bilan amirning orasidagi munosabat hali  

shumi?» – deydi zorlanib. Ammo xalifa yon beradiganlarga o‘xshamadi: «Islom nazdida 

oddiy halq bilan amir o‘rtasida hech qanday farq yo‘q», deydi hazrati Umar (r.a.). 

Oxiri noiloj qolgan Jablaxa xalifadan ertalabgacha muhlat so‘raydi. Xalifaning 

adolatidan qo‘rqqan Jablaxa yarim tunda butun shon-shavkati bilan Makkadan qochib 

chiqib ketadi va Qustantaniyadan panoh topadi. 


Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling