Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

15

kelishdi. Darhaqiqat, birodarlarini kishanlangan holatda yana mushriklar qo‘liga 



topshirilishiga tog‘at qiladigan hollari yo‘q edi. Eng avvalo hazrati Umar (r.a.), o‘sha 

qiziqqon va haqiqatgo‘y Umar chidolmay qoldilar. O’zlarini bosolmay, Rasuli akram 

(s.a.v.) huzurlariga borib: 

Men tushunolmay qoldim, Siz Allohning Payg‘ambari emasmisiz, da’voyingiz haq 

da’vo emasmidi? Bu zalolatni nega qabul qilyapsiz? Bu hukmga qandoq yo‘l qo‘ydingiz? 

– deya ovozini balandlatib, qizishib gapirdi. 

Rasuli akram (s.a.v.) hazrati Umarning bu qizg‘in ta’nalariga osoyishtalik bilan javob 

qaytardilar: 

– Muhaqqaq, men Allohning rasuliman, Allohga isyon ham qilganim yo‘q. Musulmon 

bo‘lganlarga Allohning o‘zi najot beradi, yo‘l ko‘rsatadi. Biz sabr qilishimiz kerak. 

Biroq Umar (r.a.) Payg‘ambar alayhissalomning bu gaplaridan qoniqmay, yana 

tortishuvda davom etdi: 

– Siz bizga Ka’bani tavof qilamiz, degandingiz-ku! 

– Ha, aytdim. Biroq bu yil tavofi ifo qilamiz, demaganman. Yana takror aytaman, 

Makkaga kirasizlar, Ka’bani tavof qilasizlar, - dedilar Rasululloh (s.a.v.) yana xotirjamlik 

bilan. 


Umar ibn Xattob (r.a.) yana hayajonga tushib, to‘g‘ri Abu Bakr Siddiqni qidirib 

ketdilar. Unga ham yuqoridagi e’tirozlarini bildirdilar. Hazrati Abu Bakr (r.a.): 

– Hazrati Muhammad (s.a.v.) Allohning Payg‘ambaridirlar, nima qilsalar ham, 

Allohning amriga muvofiq qiladilar. Bu qiziqqonlik nechun, birodari aziz? - deb hazrati 

Umarni ogohlantirdilar. 

Hazrati Umar (r.a.) qizishgan holda sayyidul-mursalin Muhammadga (s.a.v.) qilgan 

qo‘pol muomalalaridan keyinchalik ko‘p pushaymonlik va afsus chekdilar, Alloh taoloning 

mag‘firatiga noil bo‘lmoq uchun nafl ibodatlar qildilar, ro‘za tutib yurdilar va bir necha 

qulni ozod qildilar. Ana shu voqea esa musulmonlar o‘z shaxsiy fikrlarini izhor etishda 

naqadar hur, erkin ekanliklariga ham bir misoldir. 




Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling