MO’MINLAR AMIRI
«Allohdan qo‘rq!»
Umar ibn Xattob (r.a.) chinakamiga mo‘minlarning amiri, odil va foruq xalifasi edi.
Hazrati Umar (r.a.) o‘z oilasi va bolalari uchun ovqat va unni o‘zi org‘alab tashidi. Xalifa
o‘z qo‘li bilan ovqat pishirib, yetimlarga tarqatdi. U Allohdan qo‘rqardi, hamisha
Allohning rizoligini istardi, Allohga maqbul ishlarni qilishga intilardi. «Dajla qirg‘og‘ida bir
cho‘ponning qo‘zisini bo‘ri olib qochsa, Alloh xalifa Umardan so‘raydi», deb ko‘z yoshini
to‘kardi. Bir gal otda ketayotib o‘ziga-o‘zi: «Yo Umar, Allohdan qo‘rq!» dedi va shu
zahoti otdan tushib, boshini yerga qo‘yib, sajda qildi va ovozi bo‘g‘ilgan holda «Umar
kimki, Allohdan qo‘rqmasin!» deya nola qildi. U har ishda odillik qilardi, nochor, mazlum,
ojiz kishilarning himoyachisi edi. Hatto, bir gal bir voliyga shahodatnoma berib, viloyatga
rahbar qilib jo‘natayotib, suhbat chog‘ida uning o‘z farzandlarini biror marta quchog‘iga
olib erkalamaganini bilib qolgach, shahodatini yirtib tashlab, quvib chiqargan ham shu
hazrati Umar (r.a.) edi. U kishining yana bir odatlari bor edi. Har kuni qosh qoraygach,
o‘zidan-o‘zi: «Ayt-chi, ey Umar, bugun Alloh yo‘lida nima ish qilding?» deb so‘rardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |