Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
Tundagi hodisa Musulmonlarning xalifasi Umar (r.a.) doimiy odatlariga ko‘ra, bir kun kechasi Madina ko‘chalarini aylangani chiqdilar. U ana shunday «sayr» paytida aholining holidan xabar olar, adolat buzilmasligini nazorat qilar, beva-bechoralarning arz-shikoyatlarini tinglar edilar. Bu gal ham tungi ko‘chalarni aylanib yurarkan, oldinda bir sharpa ko‘rindi. Yaqinlashib qarasa, bir odam hadeb chodir ichiga qarayapti. Hazrati Umar undan so‘radilar: – Bu yerda nima qilib turibsan? – Sayohatga chiqqan edik. Ichkarida o‘tirgan mening oilam, homilador edi, shu yerda to‘lg‘oq tutib qoldi. Majburan biz shu yerda qoldik, biz bilan kelgan karvon yo‘lida davom etib ketdi, - deb javob berdi musofir. – Unda nega bu yerda turibsan, kirib xotiningga yordam bermaysanmi? – dedilar Umar (r.a.).
Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi 22 – Yordam beray, desam, bu ishga aqlim yetmaydi. – Unda sen shu yerda tur, men hozir doya olib kelaman. Umar (r.a.) shunday deb, uylariga jo‘nadilar va uxlab yotgan xotinlarini uyg‘otdilar. – Yo Ummu Gulsum. Tur o‘rningdan, hozir sening yordaming kerak bo‘lib qoldi. Agar urush maydonida jang bo‘lsa, bezovta qilmas edim. Bugun sen keraksan, bu ish sening qo‘lingdan keladi. Ummu Gulsum chodirdagi ayolga yordam qildi va bir ozdan so‘ng chodir ichidan chaqaloqning yig‘isi eshitildi. Yumushlarini tugatib chiqqan Ummu Gulsum musofirni o‘g‘illi bo‘lgani bilan qutladi. So‘zlashuv asnosida xotinining tug‘ishiga kimlar yordam berganini sezib qolgan musofir tamoman dovdirab qolgandi: – Yo amiral-mo‘minin, sizni bezovta qildimmi? Bunga javoban hazrati Umar xiyol jilmayib qo‘ydilar va musofirga qattiq tayinladilar: – Tongda huzurimga kel. Baytul-moldan kerakli yordam beriladi. Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling