Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

«Umar eshitmasinmi?» 

Hazrati Umarning xalifalik yillari. U kishi o‘z odatlariga ko‘ra, bir guruh kishilar bilan 

Madina ko‘chalaridan ketib borardilar. Shunda bir ayol xalifani to‘xtatib, qattiq ovozda 

nasihat qilishga tushdi: «Ey Umar, yaqindagina Umarcha deb atalarding

ulg‘ayganingdan so‘ng «Ey Umar» deb murojaat qiladigan bo‘lishdi. Endi esa «Ey amiral-

mo‘minin» deb atalmoqdasan. Allohdan qo‘rqqin, ey Umar! Kim o‘limga ishonsa, umrini 




Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

23

bekor o‘tkazishdan qo‘rqadi, kim hisob-kitobga ishonsa, azobdan qo‘rqadi», deya ta’na-



dashnom qilaveribdi boyagi ayol. 

Butun Islom olamining xalifasi, dunyoning yarmini turg‘izib-o‘tqizayotgan hukmdor 

yupun kiyingan, ko‘rimsizgina bu ayolning malomatlarini xuddi talaba boladay odob 

bilan, jimgina tinglayapti, hatto e’tiroz bildira olmayapti. Bu ne hol? Xalifaning 

hamrohlari taajjub ichra u kishidan: «Ey mo‘minlarning amiri, bu kampirga ham 

shunchalik to‘xtab, achchiq-tiziq gaplarini eshitib o‘tirasizmi?» deb so‘rashdi. Bunga 

javoban hazrati Umar: «Allohga qasamki, agar u ertalabdan kechgacha ham yo‘limdan 

to‘xtatib ushlab tursa ham, farz namozlari vaqtidan boshqa paytda turaveraman. Bu 

kampirning kimligini bilasizlarmi o‘zi?! Bu – Havla binti Sa’laba. Uning so‘zini Alloh taolo 

yetti osmonning ustidan eshitgan. Olamlarning Parvardigori bu ayolning so‘zlarini 

eshitadi-yu oddiy banda Umar eshitmasinmi?» - dedilar. 


Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling