Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
Sotilgan shikoyat Payg‘ambar alayhissalomning amakilari Abbos ibn Abdulmuttalib qorong‘u kechalarning birida mo‘minlar amiri Umar ibn Xattobning (r.a.) uyiga borish uchun yo‘lga chiqdilar. Ketayotsalar, yo‘lda sahroyi odamlarning yirtiq kiyimlarini kiyib olgan bir kishi yo‘llarini to‘sib chiqdi va yenglaridan tortib: «Yur men bilan, ey Abbos», dedi. Abbos (r.a.) diqqat bilan qarasalar, u kishi amiral-mo‘mininning o‘zlari ekanlar. Ko‘pincha birov tanib qolmasligi uchun kiyimlarini o‘zgartirib, Madina ko‘chalarini aylanish, musulmonlarning holi-hayotidan, turmushidan xabardor bo‘lish u kishining odatlaridan edi. Chunki amiral-mo‘minin Rasuli akramning (s.a.v.) «Sizlarning har biringiz bamisoli cho‘pondirsizlar va o‘z qo‘l ostingizdagilarga mas’uldirsizlar», degan gaplarini mahkam tutgan edilar. Abbos ibn Abdulmuttalib xalifaga salom bergach, so‘radilar: – Yo‘l bo‘lsin, ey mo‘minlar amiri? – Bu zulmatli tunda arab mahallalarini aylanib chiqmoqchiman, - dedilar hazrati Umar (r.a.). Kecha salqin edi. Hamma kechki yumushlarini tugatib, uyquga hozirlik ko‘rayotgandi. Hazrati Umar chodirlar va kulbalar oralab borarkanlar, ularning har birini diqqat bilan kuzatar, nimanidir axtarayotganidek ba’zan to‘xtab ham qolardilar. Aylanishni tamomlab, endi orqaga qaytishmoqchi ham ediki, to‘satdan bir chodirdan kelayotgan ovoz xalifani sergaklantirib qo‘ydi. Sekin chodirga yaqinlashishdi. Unda bir ayol qozon oldida kuymalanib o‘tirar, atrofida bir necha bola chirqillab yig‘lardi. Ayol tinmay bolalarni ovutmoqchi bo‘lar, «Sabr qilinglar, ozgina qoldi, hozir ovqatim pishsa, yeysizlar», deb aldardi. Hazrati Umar (r.a.) bu holatni ko‘rib, kayfiyatlari buzildi. O’rinlaridan jilolmay qoldilar. Shu alfoz ancha turib qolishdi. Nihoyat, Abbos tilga kirdi: |
ma'muriyatiga murojaat qiling