Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
Xalifaning kelini Hazrati Umar xalifalik yo‘llarida ko‘pincha Madina ko‘chalarini tunda yolg‘iz aylanar, musulmonlarning holi-hayotidan, turmushidan shu tariqa xabardor bo‘lib olardi. O’sha kuni ham oddiy kiyimdagi xalifani Madina ko‘chalarida ko‘rganlar taniy olishmadi, e’tibor ham berishmadi. U katta-katta qadam tashlab borarkan, chor atrofga sinchkovlik bilan nazar tashlar, nigohidan mayda-chuyda narsalar ham qochib kutula olmasdi. Shu payt xonadonlarning biridan ikki ayolning g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir gaplashayotgani qulog‘iga chalindi. Qiziqsinib devorga yaqin bordi. Devor ortidan bir xotinning qiziga aytayotgan gaplari baralla eshitilib turardi: – Qizim, bugun soqqan sutimiz negadir ko‘zimga oz ko‘rinyapti, shunga bir oz suv qo‘shib ko‘paytirmasak, bo‘lmaydi, shekilli. Shunga suv olib kelib bergin. Qizi hayratlanib: «Voy onajon, nimalar deyapsiz? Amiral-mo‘minin sutga suv qo‘shmanglar, deb buyurgan edi-ku, - dedi. Onasi unga javoban: – Qizim, bilasanki, tirikchiligimiz sut bilan o‘tadi. Men bir beva ayolman, boshqa daromadimiz yo‘q. Sutga biroz suv qo‘shsak, ko‘payadi, ehtiyojimizga ishlatamiz, - dedi. Allohdan qo‘rqish qalbiga jo bo‘lgan odobli qiz: – Onajonim, bugun sizga nima bo‘ldi? Sizning bunday deganingizni xalifa eshitsa, nima bo‘ladi? - dedi. – Qizim, kechasi bu vaqtda xalifa uxlab yotibdi. Bizning bu yerda sutga suv qo‘shganimizni qanday biladi, qanday ko‘radi?! - dedi. Ul muborak qiz onasini gunohdan qaytarishga harakat qilib: – Onajon! Bugun sizga bir narsa bo‘libdi! Siz shunday nomaqbul so‘zlarni aytmoqdasiz! Siz aytgan hiylani agar xalifa ko‘rmasa, hamma narsani biluvchi Alloh biladi va ko‘radi! Sutga suv qo‘shish – gunohdir! – deb onasini gunohdan saqlab qoldi. Hazrat Umar bu suhbatni oxirigacha eshitdi. Ertasiga ertalab bu yerga kelib, Allohdan qo‘rquvchi, go‘zal axloqli, yaxshi fazilatli, iffatli va tarbiyali qizni o‘g‘liga so‘radi. Hazrat Umar o‘g‘lini shu faqir qizga uylantirdi. Hazrat Umarning o‘sha muborak kelinidan shunday avlodlar – farzandlar dunyoga keldiki, ulardan biri hazrat Umar kabi adolatli bo‘lib, tarixda ikkinchi Umar ismini oldi. Bu zot Umar ibn Abdulazizdir. Umar ibn Abdulaziz bobosi kabi adolatni sevuvchi, Allohdan qo‘rqib yashaydigan muhtaram bir zotdir.
Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling