Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

 

Bola bilan suhbat 

Hazrati Umar (r.a.) erta tongda masjidga borishni odat qilgandilar. U kishi hali azon 

aytilmasdan masjidga kirib, namoz vaqti bo‘lishini kutib o‘tirardilar. 

O’sha kuni ham tong otmay, masjidga otlanib, yo‘lga chiqdilar. Ko‘chada shoshilinch 

ketib borarkanlar, bir bolaga ko‘zlari tushdi. U ham qayoqqadir shoshilib ketayotgandi. 

Hazrati Umar (r.a.) qiziqsinib bolakaydan so‘radilar: 

–  Ey bolam, erta tongda bunchalik shoshilib qayoqqa ketyapsan? 

–   Namoz o‘qish uchun masjidga boryapman, – burro javob qildi o‘sha bola, – namoz 

vaqti yaqinlashib qoldi. Mening esa tahoratim yo‘q edi, shuning uchun azon aytilmay 

turib, tahorat olishim va namoz vaqtini kutishim kerak. Shuning uchun shoshilyapman. 

Hazrati Umar (r.a.) bolaning javobidan suyundi, ammo uni bir sinab ko‘rish uchun 

yana savolga tutdi: 




Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

27

– Bolam, hali juda yosh ko‘rinasan, hatto namoz ham farz bo‘lmagan, senga qiyin 



bo‘lmayaptimi? 

  Ammo bola savolga dovdirab qolmadi, aksincha, bir hayajon ichida qizg‘in javob 

qildi: 

– Hazratim, nahotki, bu ishda yoshning ahamiyati bo‘lsa? Kecha mahallamizda 

mendan ham yoshroq bir bola vafot etdi. Demak, menga ham shuncha yil yashaysan, 

deb kafolatlab qo‘yilmagan. Shuning uchun ibodat qilishga oshiqaman. 

Hazrati Umar (r.a.) bolaning bu qadar zukkolik bilan aytgan javobidan hangu-mang 

bo‘ldi, ikki qarama-qarshi tuyg‘u oQushida qoldi. Bir tomondan bolaning kichik 

yoshdayoq Allohdan qo‘rqib, uning ibodatiga shoshganidan quvongan bo‘lsa, ikkinchi 

tomondan aqlini tanigan kap-katta odamlarning g‘aflatda, jaholatda yurganidan 

mutaassir bo‘lib, qayg‘u chekdi. 


Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling