Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc


Download 143.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/65
Sana08.01.2022
Hajmi143.21 Kb.
#252543
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)

www.ziyouz.com kutubxonasi 

26

katta-kichik jinoyatlar azobini ko‘tarishdan osonroq. Yuraqol, Abbos, bolalar charchab 



uxlab qolmaslaridan yetib boraylik! 

Hazrati Umar (r.a.) va Abbos qadamlarini tezlatishdi. Chodirga yetib kelganlarida 

ikkovi ham holdan toyib, madordan ketib bo‘lishgandi. Qop yelkadan tushdi. Hazrati 

Umar (r.a.) o‘choq boshiga borib, qozon ichidagi toshlarni to‘kib tashlab, tozaladi. Unga 

yog‘ solib, o‘t g‘aladi. O’tin ho‘l ekan, anchagacha tutab yonmadi. Xalifa engashib, 

o‘tinga puflay boshladi. Bu yumushlarni Abbos qilmoqchi edi, xalifa ko‘nmadi. Qozonga 

o‘zi yog‘ solib, un bilan aralashtirib, taom tayyorlay boshladi. Ovqat pishgach, o‘zi uni 

sovutib bolalarga yedirdi. Ularning qorni to‘yib, o‘ynay boshlaganlaridan keyingina 

ko‘ngli tasalli topdi. Bu ishlarni hayron bo‘lib kuzatib turgan ayol hazrati Umarga (r.a.) 

shunday dedi: 

– Hoy yaxshi odam, aslida Umarning o‘rniga sen loyiq odam ekansan! 

Shunda hazrati Umar o‘ng‘aysizlanib: 

– Men amiral-mo‘mininning yaqinlaridan bo‘laman. Men ahvolingni unga tushuntirib 

qo‘yaman. Ertaga uning huzuriga borgin, men ham o‘sha yerda bo‘laman. Inshaalloh, 

hammasi yaxshi bo‘ladi, – dedi. 

Ikkovlon ayol bilan xayrlashib tashqariga chiqdi. Shundagina xalifa yengil tin olib

chuqur xo‘rsindi: 

– Bugun g‘alati tun bo‘ldi, ey Abbos! Vallohi, o‘sha ayolning bolalarini tosh qaynatib 

aldayotganini ko‘rganimda, go‘yo tog‘lar silkinib, yelkamga ag‘darilganday bo‘ldi. 

Masalliqni keltirib, ovqatni pishirib ularga yedirganimdan keyingina o‘sha zil-zambil tog‘ 

yelkamdan tushdi. Alhamdulillahki, bir haqsizlikning oldi olib qolindi. 

Xalifa va Abbos o‘sha tun birga qolishdi. Hazrati Umar (r.a.) tong otguncha to‘lg‘onib 

uxlolmay chiqdi. Ertasiga tong otgach, o‘sha ayol xalifa huzuriga kirib keldi. Hazrati 

Umarni (r.a.) boshqa kiyim, boshqa maqomda ko‘rib qolib, qo‘rqqanidan dag‘-dag‘ titray 

boshladi. Ammo xalifa unga dalda berdi: 

– Qo‘rqmang, sizni bu yerga taklif etishdan murod, kecha siz mendan Allohga shikoyat 

qilgan edingiz. Shu shikoyatingizni men sotib olmoqchiman, qanchaga sotasiz? 

Ayol ham qo‘rquv, ham taajjubdan tili kalimaga kelmasdi. 

Ey Abbos, siz guvoh bo‘ling, – dedi xalifa o‘rnidan turib, o‘sha shikoyatni o‘z 

pulimdan 500 dinorga sotib oldim. 

Hazrati Umar (r.a.) pulni sanab, ayolga uzatdi. Undan yetkazilgan ozor uchun qayta-

qayta uzr so‘radi. Unga va bolalariga Baytul-moldan har oyga yetguday miqdorda nafaqa 

tayinladi va uning ijrosini doimo nazorat qilib yurdi. 


Download 143.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling