Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc
«Vallohu la yahdil qovmaz-zolimiyn»
Download 191.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi
«Vallohu la yahdil qovmaz-zolimiyn» – Alloh zolimlarga hidoyat bermagay aslo,
buni biling, aziz birodarlarim!.. Alloh fosiqlarga hidoyat bermagay, buni biling!.. Alloh kofirlarga hidoyat bermagay, buni biling!.. «Men kofirmanmi?» der balki u. Bir oshkora kufr bor, bir pinhona kufr bor... Tuklari tikandek tikka-tikka bo‘ladi insonning. Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) aytadilarki: «Bir insonning jabru jafodan, zulmdan bo‘lgan bir narsani sevishi shirkdir!..» Nima uchun? Alloh buni jabru jafo deb aytayotir, u esa yana shuni sevadi. Allohning hukmi muqobilida boshqa bir hukmni, boshqa bir ahkomni teng tutayotir, bu shirkdir! Allohning hamma narsasi adolatdir, shariatning belgilagan jazolari adolatdir... Har narsa adolatdir, hamma narsasi foydadir, hamma narsasi go‘zaldir. Alloh adolat sifatida ko‘rsatgan biror narsaga bug‘z etmoq – g‘animlik qilmoq ham shirkdir! Alloh sevgisidan boshqa sevgisi bo‘lmagay insonning... Allohning sevganini sevgay, Allohning sevmagan narsalarini sevmagay, shirkdan qutulmoq uchun, chinakam musulmon bo‘lmoq uchun shunday qilgay... Kofirlikdan, shirkdan qutulmaguncha, hidoyatga erishmagay inson... Shuning uchun milliardlarcha musulmonlarni ko‘rasan, oti musulmon, boshiga musulmon deb «yozib qo‘yilgan», ammo ko‘ngli musulmon emas!.. Shu sababdan tasavvuf ma’rifatullohni qo‘lga kiritmoq yo‘lidir, u insonning yemoq- ichmoqdan, suv-havodan, sihhatdan, hurriyatdan, hamma narsadan oldin keladigan ma’naviy ozuqasidir. Birinchi ish shudir: kishi Allohning sevgan quli hamda Allohni sevgan qul bo‘lgayki, Alloh unga hidoyat eshigini ochgay. Alloh unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgay. Aks holda esa ko‘rsatmagay, ko‘rsatmagay!..
Bir vakillikda yuzlarcha odam to‘planib, qarorlar chiqarishibdi. Hozir, dunyoning xar yerida yuzlarcha majlislar qilinmoqda. Nima uchun? Haqiqatni topmoq uchun. Haqiqiy sevgi. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com kutubxonasi 30 Haqiqatlarni, to‘g‘rilikni topa olgaylarmi?.. Topa olmagaylar!.. Nasroniylarning katta ruhoniylik muassasasi bor... Yahudiylarning katta xoxomlik tashkilotlari bor, dunyoning har tomoniga hokim ular. Haqiqatlarni ko‘ra olgaylarmi? Ko‘ra olmagaylar! Alloh kofirni hidoyat qilmas!.. Qul odobli bo‘lgay... Qul Allohni sevgan qul bo‘lgay... Qul Allohga bog‘langan qul bo‘lgay. Qul Allohga taslim bo‘lgan qul bo‘lgay. Musulmon degani nima edi? O’zini Allohga taslim etgan qul deganidir. Bir oyati karimada aytiladi: Download 191.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling