Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi 6- ma'ruza


Qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini tashkiliy asoslari, shikastlangan


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana10.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1348989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
6 ma’ruza Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qnlish uslublari

2.Qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini tashkiliy asoslari, shikastlangan 
o`choqlarda ularni olib borish usullari
Ishlab chiqarish va madaniy-maishiy xonalardan yong’inni o`chirish vaqtida yong’in 
xonasidan odamlarni va moddiy boyliklarni muvaffaqiyatli evakuatsiya qilishni taminlash muhim masala 
hisoblanadi. 
Evakuatsiyani ruxsat etiladigan davomiyligi inson uchun sharoitni kritik holatga etishishi
kritik harorat (60°S) xona havosida kislorod kontsentratsiyasining kamayishi, tutundan ko`rinishni 
kamayishi, toksik moddalarni paydo bo`lishiga bog’liq bo`ladi. 
Majburiy evakuatsiyalarda odamlar harakatining tezligi 16 m/min, zinapoya bo`ylab pastga 
harkatda 10 m/min va yuqoriga 8 m/min qabul qilinadi. 
Odamlarni yong’inga chidamliligi bo`yida I va II darajali binolardan evakuatsiya qilishda 
ruxsat etiladigan vaqt T 60 min, qabul qilinadi, yong’inga chidamliligi bo`yicha III va IV darajali 
binolarda 4 min, yong’inga chidamliligi bo`yicha V darajali binolarda esa 3 min qabul qilinadi. Bolalar 
muassasalari uchun evakuatsiya vaqti 20 % kamayadi. 
Evakuatsiya uchastkasining ruxsat etiladigan chetki uzunligi (m) quyidagi 
L
re

 T (1.) 
formula bo`yicha aniqlanadi. 
Evakuatsiya qabul uchastkasi maydoniga odamlarni joylashtirish zichligi (odam/m
2
)
D = N/S (2.) 
formulasi bo`yicha aniqlanadi. Bu erda N maydondagi odamlar soni: tik turganda bir kishi 
uchun 0,1...0,125 m

orqa xalta bilan 0,315 m
2
: S- kommunikatsiya uchastka yo`li maydoni, 
m
2
.Odamlarni zich oqimi bo`ylama zichlikni anglatib katta odamlar uchun 10...12 odam/m
2
ga, 
maktab yoshidagi bolalar uchun 20...25 odam/m
2
ga tengdir. evakuatsiya uchastkasining kengligi 
5(m) 
  = M/L D (3.) 
formulasi bo`yicha aniqlanadi. 
Evakuatsiya yo`llar soni P
ey 
P
ey
=0,6 N/100
  (4.) 
formulasi bo`yicha aniqlanadi. evakuatsiyada chiqish yo`llari kamida ikkita qabul qilinadi. 
Ish joyidan evakuatsiya chiqish yo`ligacha masofa binolarni yong’inga chidamliligi darajasi, 
qavatliligi va ishlab chiqarish kategoriyalariga bog’liq holda 50 m dan 100 m gacha qabul qilinadi. 
Evakuatsiya eshiklarning kengligi 0,8...2,4 m, o`tish joylari 1,15...2,4 m koridorlar 1,4 m dan 
ko`p qabul qilinadi. 
Yo`lni o`tkazuvchanlik qobiliyati O (m
2
-min yoki odam/min) deb bir birlik vaqtida b 
kenglikdagi yo`lning kundalang kesimi orqali o`tadigan odamlar soniga aytiladi va 
Q=D
 ,
(5.) 
formulasi bo`yicha aniqlanadi. 
Kengligi 1,5 m gacha bo`lgan zinapoya va eshiklarni solishtirma o`tkazish 
qobiliyati 50 odam/min, kengligi 1,5...2,4 /m bo`lganlariniki esa 60 odam/m min qabul qilinadi. 
Qirg'in qurollari ta'siridan saqlash usullaridan yana biri - bu fuqarolarni falokat yuz 
bergan joydan vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki butkul evakuatsiya qilish hisoblanadi. Ish bilan 


mashg'ul bo'lgan odamlarni harbiy vaqtda vaqtinchalik shahardan tashqari hududga yoki boshqa 
qishloqqa ko'chirishni biz uzoqlashtirish deb bilamiz.
Evakuatsiya deganda hammani bir vaqt bir yashash joyidan ikkinchi yashash joyiga 
doimiy va vaqtinchalik yashash uchun ko'chirilishi tushuniladi (asosan ishlamaydigan fuqarolar, 
nafaqaxo'rlar, bolalar va kasallar evakuatsiya qilinadi). Evakuatsiya qilingan alohida buyruq 
bo'lmaguncha fuqarolar o'sha joyda yashab turadilar.
Xavfsiz hudud xavfli hududdan birmuncha uzoq masofada joylashgan bo'lishi va 
xalqqa hech qanday xavf tug'dirmasligi lozim. Yig'ilgan odamlar qayta hisobdan o'tkazilib 
guruhlarga bo'linadi, transport vositalariga taqsimlanib, ko'rsatilgan vaqt ichida xavfsiz hududga 
yetkaziladi.
Yayov yuradiganlar oldindan tuzilgan marshrut bo'yicha kolonna bo'lib, (kolonnada 
500-100 kishi) harakat qiladi. Bunda albatta, guruhlarga bo'linadi va har bir guruhda 50-100 kishi 
bo'ladi.
Kolonna har 1-1,5 soat yurishda keyin 10-15 minut dam olib aytilgan joyga borishi bilan 
hamma kolonna a'zolari tabiiy ko'rikdan o'tkaziladi.
Bu yerda evakuatsiya qilinganlarni qabul komissiyasi kutib oladi. Bu komissiyaga 
o'sha joyning hokimiyat boshliqlari, korxona rahbarlari, oziq-ovqat, tibbiyot xizmatchilari kiradi. 
Ular odamlarni qabul qilib hisobini oladi va har birini joylashtiradi. Odamlar asosan, maktablarga, 
klublarga, kinoteatrlarda va shunga o'xshash joylarga, ba'zan o'sha yerda yashovchi oilaga ham 
ma'lum qism odamlar taqsimlanadi.
Evakuatsiya qilingan fuqarolar o'sha yerdan ishlab chiqarish korxonalarning evakuatsiya 
qilingan qismlarda ishlashlari mumkin. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling