Microsoft Word Hayot faoliyati xavfsizligi 6- ma'ruza


Yong`inni oldini olish sistemasi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana10.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1348989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
6 ma’ruza Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qnlish uslublari

Yong`inni oldini olish sistemasi - yong`in sodir bo`lish sharoitlarini bartaraf etishga 
qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidir. 
Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda iloji boricha yonmaydigan va qiyin yonadigan 
materiallardan foydalanish texnologik jarayonlarni maksimal darajada mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish, yong`in xavfi bo`lgan qurilmalar o`rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan 
boshqa xonalardan ajratish yoki bunday qurilmalarni mumkin qadar tashqarida o`rnatish, yonuvchi 
moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosining tarkibidagi yonuvchi 
gaz, bug` va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to`gri 
foydalanish va boshqalar orqali amalga oshiriladi. 
Har qanday ishlab chiqarishda yong`inga olib keluvchi manbaning hosil bo`lishini oldini olish 
esa, ishlab chiqarishda yong`in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va 
jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to`lik rioya 
etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar 
va moddalarning issiqlik ta`sirida, ximiyaviy va mikrobiologik usulda o`z-o`zidan alanganlanish 
sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong`inga qarshi gadbirlarni to`lik amalga oshirish, bino 
chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. 
3.Yong`inga qarshi kurashish xizmati. Yonginga qarshi texnik vositalar. Yonginni 
o`chirish usullari va vositalari, turlari, xususiyatlari va ularga qo`yiladigan talablar. 
Yong`inni o`chirishning keng tarqalgan moddalari: suv, suv bug`i, uglekislota,
namlangan materiallar kimyoviy va havo-mexanik ko`pik, poroshokli tarkiblar, brom etil birikmalar, inert 
gazlar va boshqalar hisoblanadi. 
Yong`inni o`chiruvchi moddalar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 
-yong`inni to`xtatish usuli bo`yicha-sovutuvchi (suv va qattiq uglekislota); -elektr 
o`tkazuvchanligi bo`yicha-elektr o`tkazuvchi (suv, suv bug`i va ko`pik), elektr 
o`tkazmaydigan (gazlar va poroshoklar); 
-toksikligi bo`yicha - toksik bo`lmagan (suv, ko`pik va poroshoklar), kam toksik (uglekislota va 
azot), toksik bo`lgan brometil, freonlar; 


Is gazi yoki uglerod ikki oksidi rangsiz gaz bo`lib havodan 1,5 marta og`ir. U yonish 
zonasiga kislorodni kirishini oldini oladi ya`ni yong`inni kisloroddan izolyatsiya qiladi. Kimyoviy 
ko`pik yonish zonasida kislorod miqdorini 14 % gacha kamaytiradi, yonayotgan moddiy yuzini 
qoplaydi, sovutadi va yong`inni to`xtatadi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling