Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
«Alloh, deng. So‘ngra ularni o‘zlari sho‘ng‘igan (noto‘g‘ri yo‘llaridan adashgan)
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchi lafz: «Zikr tazkir».
«Alloh, deng. So‘ngra ularni o‘zlari sho‘ng‘igan (noto‘g‘ri yo‘llaridan adashgan)
hollarida tark eting!» (An’om surasi, 91-oyat) degan so‘ziga o‘xshashdir. Oyatdagi «Alloh, deng», degan so‘zidan maqsad til bilan aytish emas. Chunki til dilning tarjimoni bo‘lsa ham, goh rost, goh yolg‘on so‘zlaydi. Alloh taoloning nazarda tutgan joyi qalbdir. Qalb tavhidning manbai va ma’danidir. To‘rtinchi lafz: «Zikr tazkir». Alloh taolo aytadiki: «Va Qur’on bilan pand-nasihat qiling! Zero, pand-nasihat mo‘minlarga naf yetkazur» (Zoriyot surasi, 55-oyat). Zikr majlislarining maqtalgani haqida bir qancha hadislar vorid bo‘lgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Agar jannat bog‘chalarining oldidan o‘tsangiz, undan bahra olib ketinglar», dedilar. «Jannat bog‘chalari nima?» deb so‘rashdi. «Zikr majlislari», deb javob berdilar». 89 Yana bir hadisi sharifda aytiladi: «Allohning yer yuzini kezib yuruvchi, maxluqlarga vakil qilinganidan boshqa farishtalari bor. Agar ular zikr majlislarini ko‘rsalar: «Qidirgan narsangizga kelinglar», deb bir-birlarini chaqiradilar. So‘ng majlis ahli huzuriga keladilar va ularni o‘rab olib, ularga quloq tutadilar. Ogoh bo‘linglar, Allohni ko‘p zikr qilinglar va nafslaringizga ham pand-nasihat qilinglar». 90 Lekin hozir, ko‘rib turganingdek, «zikr» lafzini ko‘pgina voizlar qissa, she’r, shath va tommot kabi narsalarga qo‘llab kelishyapti. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 57 89. Termiziy Anasdan (r.a.) hasan holda rivoyat qilgan. 90. Muttafaqun alayh. Qissalar bid’at narsalardan iborat bo‘lib, salafi solihlar qissaxonlar bilan o‘tirishdan qaytarganlar. Ular, qissaxonlik Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlarida ham, 91 Hazrati Abu Bakr, Umar (r.a.) zamonlarida ham bo‘lmagan, fitna paydo bo‘lgan vaqtda, qissaxonlar ham kelib chiqdi, deganlar. Rivoyat qilinishicha, Abdulloh ibn Umar masjiddan chiqib: «Masjiddan chiqishimga bir qissa aytuvchi majbur qildi. Agar u masjidda bo‘lmaganida, men chiqmagan bo‘lar edim», deganlar. Zumra aytadi: «Men Sufyon Savriyga: «Biz qissaxonga qarab o‘tiramiz», dedim. Shunda u kishi: «Bid’atlarga orqa qilib o‘tiringlar», dedilar». Muhammad ibn Avn aytadi: «Ibn Siyrin huzurlariga keldim. U kishi: «Bugun nima xabar bor?» deb so‘radilar. Men: «Amir qissaxonlarga qissa aytishni ta’qiqladi», dedim. U kishi: «To‘g‘ri ish qilibdi», dedilar. A’mash Basra jome’ masjidiga kirganlarida bir qissaxonning: «A’mash bizga shunday hadis aytgan», deb aytayotganini eshitib qoldilar. Shunda u kishi majlis halqasining o‘rtasiga kirib, qo‘ltiq osti yunglarini yula boshladilar. Bu holni ko‘rgan qissachi: «Uyalmaysanmi, ey shayx?» dedi. Shunda A’mash: «Nega uyalay, men bir sunnatni bajaryapman, sen esa yolg‘on so‘zlayapsan. Men A’mash bo‘laman, qachon senga bu gapni aytdim», dedilar. 91. Ibn Moja Umardan (r.a.) hasan isnod ila rivoyat qilgan. Ahmad ibn Hanbal aytadilar: «Yolg‘onchilarning ko‘pchiligi qissa aytadiganlar va ko‘p savol so‘raydiganlardir». Ali (r.a.) Basra jome’iga kirganlarida qissaxonlarni chiqarib yuborganlar. Ammo Hasan Basriyning so‘zlarini tinglagach, u kishini masjiddan chiqarmaganlar. Zero, Hasan Basriy oxirat ilmi xususida, o‘limni o‘ylash, nafsining ayblaridan ogoh bo‘lish, amallarning ofati, shaytonning hiylalari va ulardan ehtiyot bo‘lish haqida gapirar, Alloh taoloning ne’matlarini, banda u ne’matlarning shukrini ado eta olmayotganini eslatar va dunyoning faqirligi, o‘tkinchiligi va umr qisqaligini, oxiratning shiddatli azoblarini uqtirar edilar. Bunday foydali pand-nasihatlar shar’iy mahmud bo‘lgan tazkirlardir. Abu Zarr (r.a.) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Zikr majlisida ishtirok etish ming soat nafl namozidan afzal, ilm majlisida ishtirok etish mingta kasalni ziyorat etishdan va mingta janozaga qatnashgandan afzal», dedilar. Sahobalar: «Qur’oni karimni o‘qishdan ham afzalmi?!» deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ilmsiz holda Qur’on o‘qish naf bermaydi», deb javob berdilar. 92 Ato (r.a.) aytadilar: «Zikr majlisida ishtirok etish yetmishta lahv (befoyda) majlisga kafforat bo‘ladi». Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling