Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
«Shoirlarga yo‘ldan ozganlar ergashur. (Ularning so‘z vodiylaridan) har
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
«Shoirlarga yo‘ldan ozganlar ergashur. (Ularning so‘z vodiylaridan) har
vodiyda daydishlarini va o‘zlari qilmaydigan narsalarni aytishlarini ko‘rmadingizmi?!» (Shuaro, 224226-oyatlar) deydi. Yana Alloh taolo: Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 59 «(Muhammadga) she’r o‘rgatmadik va (shoirlik) uning uchun durust emasdir» (Yosin surasi, 69-oyat), deb aytgan. 94. Imom Muslim rivoyati. Voizlar odat qilib olgan ko‘pgina she’rlar ishq haqida, ma’shuqning jamoli, visol ruhi va firoq olamini tavsiflash haqidadir. Majlisga qo‘pol, avom xalq to‘planadi. Ularning botini shahvatlar bilan to‘lgan, qalblari chiroyli suvratga moyil emas. Shu bois she’r ularning qalblaridagi narsalarni harakatga keltirib, shahvat olovini yoqadi. Natijada qichqirib, raqsga tushib ketishadi. Bularning aksari yoki hammasi fasodga olib boradi. Shuning uchun she’rning nasihatga yaraydigani va hikmatlisini tanlab, so‘zni quvvatlash va e’tiborni jalb qilishda qo‘llash lozim. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «She’rda hikmat bor», deganlar. 95 Agar majlisda qalblari Alloh sevgisiga to‘la kishilar bo‘lsa, boshqa insonlar bo‘lmasa, zohiriy ma’nolari maxluqlarga dalolat qiluvchi she’rlarni aytishning zarari yo‘qdir. Chunki tinglovchi har bir eshitganini qalbiga joylaydi. Bu haqda hali «Simo’ – tinglash bobi»da keladi. Junayd Bog‘dodiy o‘n nafarcha odamga gapirar edilar. Agar ular ko‘payib ketsa, suhbatni to‘xtatardilar. Hech qachon u kishining majlislarida tinglovchilar soni yigirmataga yetmagan. Ibn Solimning eshiklari oldida bir guruh odamlar to‘planishdi. U kishiga: «Ashobingiz keldi. Ular bilan suhbatlashing», deyishdi. Ibn Solim: «Yo‘q, ular mening ashobim emas, ular faqat majlis sohiblari bo‘lishlari mumkin. Mening ashobim xos kishilardir», deya javob berdilar. 95. Imom Buxoriy rivoyati. «Shath» lafzidan esa, ayrim so‘fiylar paydo qilgan kalomning ikki turini tushunamiz. Birinchisi, Alloh taologa bo‘lgan ishq haqidagi uzundan-uzun da’volar va zohiriy amallardan behojat bo‘lgan visoldir. Hatto bir guruh so‘fiylar Haqqa qo‘shilib ketgani, o‘rtadan pardaning ko‘tarilgani, ko‘z bilan mushohada qilgani va xitob ila so‘zlashganini da’vo qilishgacha borib yetgan. Ular, bizga unday deyildi, biz bunday javob berdik, degan so‘zlari bilan o‘zlarini shunday kalimalarni aytgani tufayli osilgan Husayn ibn Mansur Xallojga o‘xshatadilar va uning «Anal Haq», degan so‘zini dalil qiladilar. Shuningdek, Abu Yazid Bistomiyning «subhani, subhani», ya’ni, «men ayb-nuqsondan pokman», degan so‘zlarini keltiradilar. Bu turdagi so‘zlarning avom xalqqa katta zarari bor. Hatto bir guruh dehqonlar o‘zlarining dehqonchiliklarini tark qilib, shu kabi da’volarni izhor qila boshlashdi. Chunki bunday so‘zlar inson nafsiga lazzat beradi. Zero, bunday so‘zlardan kishi o‘zini buyuk maqomlarga erishgan deb hisoblab, nafsni poklash amallaridan chekinadi. Aqlsizlar bunday ichi po‘k, usti yaltiroq kalimalarni qabul qilishdan va ularni o‘zlari uchun da’vo qilishdan tortinmaydilar. Qachon da’volari inkor etilsa, ular: «Bu e’tirozning manbai ilm va bahsdan kelib chiqqan. Ilm pardalidir, bahs esa, nafsning ishi. Bunday so‘zlar faqatgina Haqning nurini kashf etgan botindan keladi», deb aytadilar. Bunday yomon da’volar butun o‘lkalarga yoyilib ketdi, avom xalqqa zarar yetkazdi. Hatto Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling