Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/149
Sana18.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1707369
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149
Bog'liq
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
qanday burganini bilib olding. Bas, bularning barchasi yomon ulamolar ismlarni 
o‘zgartirib ishlatgan nayranglaridir. Agar sen ilk asrda tanilgan narsaga qaramay, 
mashhur ismlarga tayangan holda ana o‘shalarga ergashsang, hikmat orqali sharafni 
talab qilgan kishidek bo‘lib qolasan. Chunki hakim nomi hozirgi asrda tabib, shoir va 
munajjimlarga qo‘llanilmoqda. Va bu hol lafzlarning o‘zgartirilganidan g‘aflatda 
qolganing sabablidir. 
99. Imom Buxoriy rivoyati. 
100. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Hibbonlar Irboz ibn Soriyadan rivoyat qilishgan. Ibn Qatton bu hadisni zaif degan. Alboniy esa 
«kelinglar» lafzi ila sahih degan. 
101. Termiziy Ibn Abbosdan hasan holda rivoyat qilgan. Alboniy va Zahabiylar zaif deyishgan. 
102. Imom Buxoriy, Ahmad, Ibn Hibbon va Hokimlar sahih isnod ila rivoyat qilishgan. 
103. Muttafaqun alayh.
Beshinchi lafz: «Hikmat». Hakim nomi ham endilikda o‘zgartirilib, tabib, shoir va 
munajjimlarga nisbatan qo‘llanilmoqda. Hatto ko‘chalardagi eng past tabaqa – oshiq 
o‘ynaydiganlarga ham. Holbuki, hikmat Allohning kalomida:
«U o‘zi istagan kimsaga hikmatni beradi. Kimga hikmat berilgan bo‘lsa, bas, 
muhaqqaqki, unga ko‘p yaxshilik berilibdi» (Baqara surasi, 269-oyat), deya 
maqtalgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ham: «Kishining hikmatdan bir kalima 
o‘rganmog‘i u uchun dunyo va undagi barcha narsalardan xayrlidir”, deganlar.
104
Shunday ekan, sen hikmat asli qaysi ma’noni ifodalaganigayu endi qaysi ma’noga 
o‘girilganiga quloq sol, u bilan yuqorida zikri o‘tgan lafzlarni qiyosla va yomon 
ulamolarning nayranglari sababli aldanib qolishdan ehtiyot bo‘l. Zero, ularning dinga 
bo‘lgan zarari shaytonlarning zararidan kattaroqdir. Chunki shayton ular vositasida 
xalqning qalbidan asta-sekin dinni sug‘urib olishga erishadi. Shu tufayli ham 
Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) xalqning yomoni haqida so‘rashganda, u zot 
javob bermaganlar. Balki, «Allohim, mag‘firat ayla», deganlar. Sahobalar takror-takror 
so‘rayverganlaridan so‘ng, «Ular yomon olimlardir»,
105
deb javob qilganlar.
104. Bunga o‘xshashi yuqorida keldi. 
105. Doramiy Ahvas ibn Hakimdan mursal holda, Bazzor esa Muozdan zaif sanad bilan rivoyat qilgan.
Sen mahmud va mazmum ilmni, ularning chigal yerlarini bilib olding. Endi nafsingga 
boq, salaflarga ergashish yoki g‘ururlanib pastga tushish va xalaflarga o‘xshash ixtiyori 
o‘zingda. 
Salaflar rozi bo‘lgan ilmlarning barchasi yo‘q bo‘lib ketdi. Odamlar mashg‘ul bo‘lgan 
ishlarning ko‘pi yangi paydo bo‘lgan va bid’at ishlardir. Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam): «Islom g‘arib holda boshlandi, yaqinda yana ibtidoda bo‘lganidek, g‘arib 
holiga qaytadi. Bas, g‘ariblar uchun xursandchilik bo‘lsin», dedilar. «G‘ariblar kimlar?» 
deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ular odamlar buzib yuborishgan 
sunnatimni isloh etadigan va o‘ldirib yuborishgan sunnatimni tiriltiradigan 
kimsalardir»,
106
deb javob qildilar. Bu muborak so‘z naqadar to‘g‘ri! Boshqa bir 
rivoyatda: «Ular bugun siz ustida turgan narsani mahkam ushlovchilardir»,
107
deyilgan.
Boshqa bir hadisda: «G‘ariblar ko‘p insonlar orasidagi ozgina solih kishilardir. Xalqning 
ichida ularni yaxshi ko‘radiganlaridan ko‘ra, yomon ko‘radiganlari ko‘proqdir»,
108
deyilgan. Haqiqatda ushbu ilmlar (ya’ni, salaflar ilmi) g‘aribga aylanib qoldi. Shu 
darajadaki, ularni eslagan kishidan nafrat qilinadi. Shuning uchun ham Savriy (r.a.): 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling