Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
54 Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kishi bandalardan Alloh uchun g‘azablanmagunicha va Qur’onning ko‘p qirralarini ko‘rmagunicha haqiqiy faqih bo‘lolmaydi», deganlar. 87 Yana Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) mana bu so‘zlari Abu Dardodan mavquf holda rivoyat qilingan: «So‘ngra nafsiga yuzlanib, unga yanada qattiqroq nafratda bo‘ladi». Farqad Sabxiy (r.a.) Hasan Basriydan (r.a.) bir narsa haqida so‘radi. U kishi javob berdilar. Farqad: «Fuqaholar sizning fatvolaringizga qarshi chiqmoqda», dedi. Shunda Hasan Basriy (r.a.): «Onang seni yo‘qotib qo‘ygur, Farqodcha, sen ko‘zing bilan faqihni ko‘rganmisan? Dunyodan yuz o‘girib, oxiratga intilgan, dinni yaxshi tushunib, Rabbining ibodatida bardavom bo‘lgan, taqvoli, musulmonlarning nomuslaridan nafsini tiygan, ularning mol - mulklaridan behojat va ularning jamoatlariga nasihat qilib turuvchi kishi haqiqiy faqihdir», dedilar, fatvolarning far’iy masalalarini yod oluvchi, deganlari yo‘q. 86. Abu Dovud hasan isnod bilan rivoyat qilgan. 87. Ibn Abdulbar Shaddod ibn Avsdan rivoyat qilgan va marfu’ deyish joiz emas degan. Men, «fiqh» degan nom, zohiriy hukmlardagi fatvolarni o‘z ichiga olmaydi, demoqchi emasman, lekin bu lafz umumiy va keng ma’nolarni qamrab olishini yoki boshqa ilmlarga far’iy masalalarni ham tobe’ qilish yo‘li bilan qo‘llanilganini aytmoqchiman. Ulamolar fiqh lafzini ko‘proq oxirat ilmiga qo‘llaganlar. Keyinchalik fatvo ilmiga xoslandi, natijada odamlarni oxirat ilmi va qalbga tegishli hukmlardan qaytarib, zohiriy ilmlar bilan shug‘ullanishga undash paydo bo‘ldi. Ular tabiatlarida yordamchi topdilar. Chunki botiniy ilm yashirin bo‘lib, tagiga yetish mushkul va unga amal qilish qiyindir. U bilan rahbarlik, qozilik, obro‘-martaba va mol-mulkka yetishish mumkin emasligi tufayli shayton shariatda mahmud bo‘lgan fiqh nomini zohiriy ilmga xoslash bilan qalblarga chiroyli ko‘rsatish uchun yo‘l topdi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling