Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
«(Ey mo‘minlar), aniqki, sizlar (munofiqlarning) dillarida Allohdan ko‘ra
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
«(Ey mo‘minlar), aniqki, sizlar (munofiqlarning) dillarida Allohdan ko‘ra
qo‘rqinchliroqdirsizlar. Bunga sabab, ular Allohning qudratini anglamaydigan qavm ekanliklaridir» (Hashr surasi, 13-oyat) degan. Alloh taolo ushbu oyatda munofiqlarning Allohdan qo‘rqinchi ozligiga va fahmlari kamligi bois ular maxluqning qudratini buyuk ko‘rishlariga ishora qilmoqda. Sen nazar tashla, bu hol fatvolarning far’iy masalalarini yod olmagani natijasimi yoki biz zikr qilgan ilmlarning yo‘qligi?! Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga vakil bo‘lib kelgan kimsalarni: «Faqihlar va olimlar», deganlar. 84 Sa’d ibn Ibrohim az-Zuhriydan: «Madinaliklarning qaysilari faqihroq?» deb so‘rashganida, u kishi: «Alloh taologa taqvodorroq bo‘lganlari», deb javob berganlar. U kishi bu gaplari bilan fiqhning samarasiga ishora qilganlar. Taqvo fatvo va hukmlarning emas, botiniy ilmlarning samarasidir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Faqihlarning faqihi kim ekanini aytaymi?» dedilar. Sahobalar: «Ha, ayting», deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Insonlarni Allohning rahmatidan umidsiz etmagan, ularni Allohning makridan xotirjam qilmagan, Allohning fazlidan noumid etmagan va boshqa kitoblarga qiziqib, Qur’oni karimni tashlamagan odam», dedilar. 85 84. Abu Nu’aym, Bayhaqiy, Xatiblar Suvayd ibn Horisdan zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 85. Abu Bakr ibn Lol, Abu Bakr ibn Sunniy va Ibn Abdulbarlar Alidan rivoyat qilishgan. Anas ibn Molik (r.a.) Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Sahardan to quyosh chiqqunicha Alloh taoloni zikr qilayotgan qavm bilan o‘tirishim to‘rtta qul ozod qilishimdan mahbubroqdir», 86 degan hadislarini aytdilar, so‘ng Yazid Raqqoshiy va Ziyod Numayriyga o‘girilib: «Zikr majlislari sizlarniki kabi uzundan-uzun va’z- nasihatlardan iborat bo‘lmagan. Bizlar o‘tirib iymon haqida so‘zlashar, Qur’onni tafakkur qilar, dinni birbirimizga tushuntirar va Alloh taoloning ustimizdagi ne’matlarini sanab, tushunar edik», dedilar. Anas (r.a.) Qur’on tadabbur qilishni va ne’matlarni sanashni, tushunish – fiqh deb aytganlar. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling