Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/149
Sana18.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1707369
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   149
Bog'liq
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
Ko‘pchilikning tushunchasi eng quyidagi sabablarni ko‘rish bilan cheklangan. 
Sabablarning sababchisini ko‘ra bilishga aqllari qosirdir. Binobarin, mana shu narsa 
nujum ilmini o‘rganishdan qaytarish sabablaridan biridir. 
Ikkinchi jihat: yulduzlarga qarab hukm chiqarish taxminiydir, u birorta shaxs haqida aniq 
yoki gumonli (yaqiyn va zon) xabar bermaydi. Taxmin bilan hukm chiqarish esa, jaholat 
bilan hukm chiqarishdir. Shunga ko‘ra, bu ilm yulduzlar ilmi bo‘lgani uchun emas, 
jaholat bo‘lgani uchun yomonlanadi. 
Xabarlarda yulduzlar ilmini bilish Idris alayhissalomga mo‘’jiza qilib berilgani aytilgan. U 
kishidan so‘ng bu ilm insonlardan uzoqlashib, yo‘q bo‘lib ketdi. Munajjimlarning ayrim 
hollarda qilgan taxminlarining rost chiqishi faqat muvofiq kelib qolish bilan bog‘liq. 
Chunki munajjim ba’zi sabablarni biladi. Vaholanki, inson haqiqatni bilolmaydigan 
ko‘pgina shartlar borki, ularning orqasida musabbab (sababning natijasi) hosil bo‘ladi. 
Munajjim bilgan sabab Alloh taolo taqdir qilgan sabablarga to‘g‘ri kelsa, taxmini to‘g‘ri 
chiqadi. Yo‘qsa, xato qiladi. Bu hol to‘p-to‘p bulutlarning ketma-ket kelayotganini 
ko‘rganda, insonning bugun yomg‘ir yog‘adi, degan taxminiga o‘xshaydi. Gohida bulutlar 
tarqalib, kun isib ketadi, gohida aksi bo‘ladi. Chunki bu yerda inson bilmaydigan boshqa 
sabablar ham bor, yolg‘iz bulutning o‘zi yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘lolmaydi. Yoki 
dengizchi shamollar haqidagi tajribasiga tayanib, kema falokatga yo‘liqmaydi, deb 
taxmin qiladi. Ammo shamollarda maxfiy sabablar borki, dengizchi ularni bilmaydi. 
Gohida uning taxmini to‘g‘ri chiqadi, gohida xato.
Xullas, shu illatlar tufayli ham yulduzlardan so‘zlash man’ etiladi.
Uchinchisi: foydasi bo‘lmagan jihat. Chunki yulduzlar ilmining hisob-kitob va yo‘l 
topishdan ortiqchasini o‘rganish samarasiz narsaga sho‘ng‘ish va insonning eng qimmat 
boyligi bo‘lmish vaqtni foydasiz narsaga zoe’ ketkazishdir va bu narsa zararlarning 
dahshatlisidir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bir odamni ko‘pchilik o‘rab olganini 
ko‘rib, buning sababini so‘radilar. Odamlar: «Katta olim kishi ekan», deyishdi. Rasululloh 
(sollallohu alayhi vasallam): «Qaysi masalada?» deb savol qildilar. Ular: «She’r va arab 
nasablari bo‘yicha», deb javob berishdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): 
«Foyda bermaydigan ilm va zarar qilmaydigan johillik», dedilar. Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam) so‘ng aytdilarki: «Ilm muhkam oyat, qoyim sunnat va odil faroiz 
(ya’ni, meros taqsimlash) ilmidir»
80
. Demak, yulduzlar ilmiga va shunga o‘xshashlarga 
kirishish jaholatga sho‘ng‘ish ekan. Alloh taoloning taqdir qilgani, albatta bo‘ladi, uni 
qaytarish mumkin emas.
Tib ilmi bundan mustasno, chunki unga hojat tushib turadi va uning ko‘pgina dalillarini 
bilish imkoni bor. Tush ta’biri ham mustasno, garchi u taxminga suyansa ham. Chunki 
tush payg‘ambarlikning qirq oltidan bir bo‘lagi bo‘lib, unda hech qanday xatar yo‘q.
80. Ibn Abdulbar Abu Hurayradan rivoyat qilib, zaif degan. Hadisni oxirgi qismini Abu Dovud, Ibn Moja va Hokimlar rivoyat qilishgan. 
Zahabiy va Alboniylar zaif deyishgan.
Uchinchi sabab – ilmga foydasiz sho‘ng‘ish. Bu ish ham ba’zi o‘rinlarda mazmumdir. 
Ilmning asosiylari qolib, noziklarini, ochiq-oydinidan avval maxfiylarini o‘rganish, ilohiyot 
sirlaridan bahs qilish shunga misol bo‘ladi. Faylasuflar va mutakallimlar qanchalik 
kirishmasinlar, ilohiy sirlarni mustaqil o‘zlari bila olmaydilar. Bu ilmga yetish va uning 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling