Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
52 tajriba yo‘li bilan ham his qilish imkoni yo‘q. Agar tajriba o‘tkazish mumkin bo‘lsa va ayrim o‘liklar qayta tirilib, bizga foydali, maqbul, Alloh taologa yaqinlashtiradigan va Allohdan uzoqlashtiradigan amallarni aytib bersalar edi, aqlga kifoya qilardi. (Aqida masalalari ham shunday.) Ammo o‘liklarning qayta tirilib, bizga xabar berishlari mumkin bo‘lmagan ish. Demak, aqling Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) keltirgan xabarlarni tasdiq qilishi va ishoralarining manbalarini anglab yetishi senga kifoya qiladi. Tasarrufdagi bundan boshqa (foydasiz) narsalardan aqlni chetlat va (Qur’on va sunnatni) mahkam tut. Shundagina salomat bo‘lasan, vassalom. Shuning uchun ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Albatta, bir ilmda jaholat va bir so‘zda ojizlik bor», 82 deganlar. Ma’lumki, ilm jaholat bo‘lmaydi. Lekin johillik kabi zarar yetkazishi mumkin. Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlarki: «Tavfiqning ozi ilmning ko‘pidan yaxshi». 83 Iso (a.s.): «Qancha-qancha daraxtlar bor, hammasi ham meva bermaydi, qancha-qancha mevalar bor, hammasi ham shirin emas, qancha- qancha ilmlar bor, barchasi birdek manfaatli emas», deganlar. 82. Abu Dovud Buraydadan rivoyat qilgan. Isnodida noaniq kishi bor. 83. Buning aslini topmadim. «Firdavs» kitobi sahibi Abu Dardodan qilgan rivoyatda zikr etgan. Alboniy zaif degan. Ilmlarning o‘zgartirilgan lafzlari bayoni Bilgilki, mazmum (qoralangan) ilmlar bilan shar’iy ilmlarning aralashib ketishi natijasida mahmud (maqtovli) ilmlarning nomlari buzildi, o‘zgardi, fosid maqsadlar sababli o‘tmish solihlar so‘zlarini asl ma’nosidan boshqa ma’nolarga ko‘chirish kelib chiqdi. Asl ma’nosi o‘zgargan lafzlar beshta: «fiqh», «ilm», «tavhid», «tazkir» va «hikmat». Ular mahmud ismlardir. Ular bilan din arboblari vasf etilgan. Lekin hozir bu lafzlar mazmum ma’nolar kasb etishi tufayli kishilar ushbu nom bilan sifatlanuvchidan nafratlanadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling