Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
51 ayrim yo‘llaridan voqif bo‘lish faqat payg‘ambar yoki valiy zotlarga xosdir. Shunday ekan, odamlarni bu ilmdan qaytarib, shariat aytgan narsaga buyurish vojibdir. Va bu narsada tavfiq olishga qanoatlantiruvchi narsa bor. Qancha-qancha odamlar shu kabi ilmlarga sho‘ng‘ib, zarar ko‘rdilar. Agar ular chuqur ketmaganlarida, u ilm olib borgan narsadan ko‘ra, dindagi holatlarni yaxshiroq bilgan bo‘lardilar. Ba’zi odamlarga qush go‘shti, emizikli bolaga turli shirinliklar zarar qilgani kabi, ba’zi ilmlar ham ayrim insonlar uchun zararli ekani inkor etilmaydi. Balki ko‘p odamlarga ba’zi ishlarni bilmasligi foyda beradi. Hikoya qilinishicha, bir odam tabibga xotini tug‘masligidan shikoyat qilibdi. Tabib xotinning tomiridan ushlab ko‘rib: «Farzandsizlikni davolashga hojat yo‘q, chunki siz qirq kun ichida o‘lasiz», debdi. Bu gapni eshitgan xotin qattiq dahshatga tushibdi. Hayoti ko‘ziga qorong‘u ko‘rinib, barcha mollarini chiqarib, faqirlarga ulashibdi, vasiyat qilibdi, yemabdi, ichmabdi. Ammo tabib aytgan muddat o‘tib hamki ayol o‘lmabdi. Er tabibga kelib: «Xotinim o‘lmadi-ku», debdi. Shunda tabib: «Men buni bilaman, hozir borib u bilan qo‘shil, tug‘adi», debdi. So‘ng aytibdiki: "U ozishi uchun uni o‘lim bilan qo‘rqitdim». Ushbu hikoya senga ba’zi ilmlarning xatarini his qilishingdan ogohlantiradi va Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Naf bermaydigan ilmdan Allohdan panoh tilaymiz», 81 degan so‘zlarining ma’nosini tushuntiradi. Bas, sen ushbu hikoyadan ibrat ol va shariat yomonlagan, qaytargan ilmlardan bahs yurituvchi bo‘lma. Sahobalarga ergash va sunnatga tobe’ bo‘lganlar bilan kifoyalan. Salomatlik ergashishdadir. Xatar esa narsalardan bahs qilish va o‘zboshimchalikdadir. Fikring, aqling, daliling, hujjating va gumoning bilan narsalarning haqiqatini tanish uchun bahs qilyapman, deb tortishishni ko‘paytirma. Ilm haqida fikr yuritishning nima zarari bor, ham dema. Albatta, u sening zararingga xizmat qiladi. Shundog‘ ham sen o‘zingga zarar qiladigan qancha narsalarni bilasan, agar Alloh taolo rahmati bilan qutqarmasa, bu bilishing oxiratda halokatga olib boradi. 81. Ibn Abdulbar Jobirdan (r.a.) hasan sanad bilan rivoyat qilgan. Bilgilki, tajribali tabib boshqalar bilmaydigan muolaja sirlarini bilgani kabi, payg‘ambarlar ham qalblarning davosini va oxirat hayoti sabablarini yaxshi biladilar. Ularning yo‘llariga qarshi hukm chiqarsang, halok bo‘lasan. Bir qancha kishilar borki, barmog‘iga bir yara chiqsa, o‘zicha uni davolamoqchi bo‘ladi. Tajribali tabib yarani tananing boshqa tomonidan davolashni uqtiradi. Holbuki, tomirlarning badanda qanday tarqalganini, joylashgan o‘rnini va tanani qanday o‘rab olganini bilmagan odam tabibning so‘zini aqldan yiroq sanaydi. Shuningdek, oxirat yo‘lidagi ishda, shariatning nozik maslak, odob va aqidalarida sir va nozikliklar bor, ularni tushunishga aqlning quvvati yetmaydi. Masalan, toshlarda ajoyib xosiyat borki, hech kimsa ohanrabo temirni qanday qilib tortishi sababini bilishga qodir emas. Shuningdek, aqida va amallarda ham g‘aroyibot va ajoyibotlar bor, ular qalblarning musaffoligini, beg‘uborligini, tazkiyasi va Alloh taoloning (ma’naviy) qo‘shnichiligiga yetishish yo‘lidagi islohini ta’minlaydi. Ularning fazilatiga ro‘baro‘ bo‘lish foydasi dori- darmonlardan ko‘ra ko‘p va kattaroqdir. Aql dorilarning manfaatini anglashga qosirlik qiladi, faqat tajribagina uni his etishga yo‘l ochadi. Shuning kabi aql oxirat hayotiga nima naf berishini anglay olmaydi, inchunun, Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling