Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/149
Sana18.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1707369
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149
Bog'liq
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

Birinchi lafz: «Fiqh». Bu nomga boshqa ma’nolar yuklanmay, ayrim masalalarga 
xoslab qo‘llangan. Zero, u fatvolarda kam uchraydigan far’iy masalalarni tanish, uning 
nozik illatlaridan va u haqda so‘zni ko‘paytirishdan tiyilish, unga aloqador bo‘lgan 
fikrlarni yod olishga aytilgan. Kim o‘sha far’iy masalalarga qattiqroq kirishgan va ko‘proq 
shug‘ullangan bo‘lsa, faqih deyilgan. 
«Fiqh» so‘zi ilk (hijriy) asrda mutlaq oxirat ilmiga, amallarni buzuvchi narsalarni va nafs 
ofatlarining nozik jihatlarini tanishga, dunyo faqirligini kuchli anglab, oxirat ne’matlari 
sari qattiq intilishga va qalbiga xavfni ustun qilishga qo‘llangan. Bunga Alloh taoloning:
«Dinni o‘rganib, qavmlari ularning oldilariga qaytgan vaqtlarida, u qavmlar 
Allohning azobidan saqlanishlari uchun ularni ogohlantirgani 
(qolmaydilarmi)?!» (Tavba surasi, 122-oyat) degan so‘zi dalolat qiladi. Oyati 
karimadan hosil bo‘lgan ma’no taloq, ‘itoq, li’on, salam va ijaraning far’iy masalalari 
emas, balki Allohning azobidan ogohlantirish va qo‘rqitishdir. Bu far’iy masalalar bilan na 
ogoh qilish va na qo‘rqitish hosil bo‘ladi. Balki ularni o‘rganishga kirishib ketish ko‘rib 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
turganimiz kabi, qalbni qattiq qiladi, qo‘rquvni ketkizadi. Alloh taolo:
«Ularning dillari boru anglay olmaydilar» (A’rof surasi, 179-oyat) degan. Alloh 
taolo bu oyatdan fatvolarni emas, iymon ma’nolarini ko‘zda tutgan. 
(Shu yerda o‘quvchi noto‘g‘ri tushunib qolmasligi uchun, yuqoridagi jumlalarga izoh 
berishni lozim topdik. Ushbu kitobning sharhi «Itqof as-saodat» nomli asar muallifi 
alloma Sayyid Muhammad ibn Muhammad Husayniy az-Zubayda aytadilar: «Ushbu 
so‘zlar G‘azzoliyning zamonasiga xos. Chunki u paytda odamlar turli far’iy masalalarni 
yodlab olib, fitnalar ko‘paygan edi. Ammo hozirgi asrimizga ushbu so‘zlar dalil 
qilinmaydi». – Tarj.)  
Umrimga qasamki, fiqh bilan fahm bir ma’noni anglatgan ikki ismdir. U qadimda ham
hozirda ham shu ma’nosida ishlatiladi. Alloh taolo:

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling