Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
68 tinglashga moyil bo‘ldi. Amir va arboblar kalom ilmidagi munozara va mujodalaga rag‘bat qilgach, kalom ilmiga sho‘ng‘ib, qattiq berilib ketishdi. Bu haqda ko‘p kitoblar tasnif qilishdi, mujodala uslublarini tuzishdi, turlarini ishlab chiqishdi va bu qilmishlarini Allohning dinini va sunnatni himoya etish, bid’atni sindirish deb nomlashdi. Keyinroq boshliqlarda kalom, munozara ilmlari to‘g‘ri emasligi haqida fikr paydo bo‘ldi. Chunki munozara va kalom ilmiga eshik ochilishi bilan qon to‘kilishi va vayronagarchilikka olib boruvchi taassubiyat va xusumat eshiklari ham ochilgan edi. Sultonlar va amaldorlar olimlarni yangi bir narsa – fiqh ilmida munozara qilish bilan mashg‘ul etmoqchi bo‘lishdi. Xususan, Shofe’iy (r.a.) va Abu Hanifa (r.a.) mazhablaridan qaysi biri afzal, deya olimlar orasida munozara alangasini yoqishdi. Endi odamlar kalom va boshqa ilmlarni tashlab, Shofe’iy va Abu Hanifa oralaridagi ixtilofiy masalalarga kirishib ketishdi. Amaldorlar mana shu ikki mazhabni aytganlari uchun Molik, Sufyon, Ahmadlar (rahmatullohi alayhim) orasidagi xiloflarga hech kim e’tibor bermadi. Ular bu mashg‘ulotlaridan maqsad shariatning nozik jihatlarini o‘rganish, mazhabning illatlarini tahrir qilish va fatvo berish asoslarini tuzib chiqish ekanini ayta boshlashdi. Bu ikki mazhab orasidagi ixtiloflar haqida kitoblar tasnif qilishdi va bugunga qadar mujodala turlariyu tasniflari bilan ovoradirlar. Bizdan keyingi asrlarda Alloh yana nimalarni sodir qiladi, bilmaymiz. Xulosa qilib aytganda, xilof va munozaralarga olimlarning astoydil kirishganiga asosiy sabab ana shulardir. Agar dunyo egalari, saltanat sohiblari Abu Hanifa va Shofe’iy qolib, boshqa imomlar orasidagi munozarani yoki umuman boshqa ilmdagi mujodalani xohlab qolishsa, olimlar o‘sha narsani amalga oshirishadi va ishlarining din ilmi ekanini, qolaversa, u bilan «olamlar» Rabbiga qurbat hosil etishini bahona qilishadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling