Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Munozaralarni sahobalar mashvarati va salaf ulamolarining suhbatlariga
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
Munozaralarni sahobalar mashvarati va salaf ulamolarining suhbatlariga o‘xshatishdagi adashish bayoni Bilgilki, faqat tortishuv, munozara va jadal bilan mashg‘ul bo‘luvchilar qilmishlarini oqlash uchun: «Bu munozara bahsdan maqsadimiz haqiqatni odamlarga bildirish. Albatta, haq izlanadi, ilm yo‘lida qarashlar va fikrlar bilan yordamlashish foydali va ta’sirlidir. Sahobalarning odatlari shunday bo‘lgan. Ular ham bobo va aka-ukalar (merosi) masalasida, xamr ichuvchining jazosi, imom xato qilganida, jarima to‘lashning vojibligi, Hazrati Umardan (r.a.) qo‘rqib, bir ayol bola tashlab qo‘yganida unga xun to‘lash va faroiz kabi masalalarda mashvarat qilishgan. Shofe’iy, Ahmad, Muhammad ibn Hasan, Molik, Abu Yusuf va boshqa ulamolarning (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) mashvaratlari ham bizniki kabi mashvarat edi-ku», deb aytishadi. Endi men senga ularning bahonalari faqatgina salafning odatiga o‘xshashdan o‘zga emas ekanini tushuntirib beraman. Haqni izlash uchun o‘zaro yordamlashish dindan ekan, to‘g‘ri da’vo. Lekin uning shartlari bor, ularni bilish lozim. Bas, mujodala va munozara qilishning sakkizta sharti bor: 1. Munozara bilan shug‘ullanuvchi kimsa farzi kifoyalarga bosh qotirishdan avval farzi aynlarni o‘rniga qo‘ygan bo‘lmog‘i kerak. Agar kim hali farzi aynlarni to‘la bajarmay turib, farzi kifoya bilan mashg‘ul bo‘lsa va, maqsadim haq, deb da’vo qilsa, so‘zsiz u kazzobdir. Masalan, o‘zi namozni tark qiladi-da, avratini yopish uchun kiyim topolmagan kishini kiyintirish maqsadim, deya libos to‘qish va kiyim tayyorlash ila mashg‘ul bo‘ladi. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 69 Gohida chindan ham shunday bo‘lishi mumkin. Bordi-yu birortasi unga omonatni qaytarish haqida so‘z ochsa, u darhol o‘rnidan turib, Allohga eng mahbub ibodat – namozga takbir aytadi. Va Rabbiga osiy bo‘ladi. Chunki shaxsning vaqt, shart va tartiblariga rioya etmasdan qilgan itoati uning haqiqiy itoatkor ekaniga dalil bo‘lmaydi. 2. Farzi kifoyani munozaradan muhim bilmaslik kerak. Mabodo, farzi kifoyadan muhimroq narsani ko‘raturib, o‘sha muhimroqdan boshqasi bilan mashg‘ul bo‘lsa, u holda o‘sha fe’li ila osiy bo‘ladi. Ushbu so‘zimizga misol sifatida quyidagi holatni keltirish mumkin. Bir to‘p odamlar chanqoqlikdan o‘lim yoqasida turgan paytda, bir kishi ularga suv berish imkoniyati bo‘laturib, hijomat – qon olish ta’limi bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. O‘zi uchun hijomatni o‘rganish farzi kifoya, shaharda uni biladiganlar bo‘lmasa, odamlarning barchasi halok bo‘ladi, deb da’vo qiladi. Unga qarata: «Axir shaharda hijomat qiluvchilar to‘lib yotibdi. Senga odamlarning ehtiyoji yo‘q», desang, u: «Hijomatchilarning ko‘p bo‘lishi bu fe’lni farzi kifoyalikdan chiqarmaydi», deb hozirjavoblik qiladi. Chanqoqlikdan ayanchli ahvolga tushib qolgan musulmonlar dardi bilan shug‘ullanish bir yoqda qolib, hijomat bilan ovora bo‘lib yurganlarni qanchadan- qancha farzi kifoyalar beparvolik tufayli barbod bo‘lgani holda munozara bilan mashg‘ul bo‘layotganlarga o‘xshatish mumkin. Fatvo bilan ko‘plab odamlar shug‘ullanmoqda, vaholanki, ado etilmayotgan farzi kifoyalar bir talay. Fuqaholar unga e’tibor ham qaratmaydi. Masalan, tabobat. Haqiqatdan ham, ko‘plab shaharlarda shahodatiga ishonsa bo‘ladigan musulmon tabiblar topilmaydi, faqihlar tabobat bilan shug‘ullanishga hech kimni targ‘ib qilishmaydi. Amri ma’ruf va nahiy munkar ham unutilgan farzi kifoyalardandir. Ba’zida munozara qiluvchi majlisda ipakdan qilingan ko‘rpa-yostiqlar ustida, ipak erkaklar uchun man’ qilinganini bilaturib, voqe’likdan uzoq masalalar haqida munozara qilaveradi. O‘sha munozara qilinayotgan voqea sodir bo‘lsa, ayrim faqihlar tomonidan yechimini topishi aniq. Lekin munozara qiluvchi o‘sha farzi kifoyalar bilan Allohga qurbat hosil qilishni bahona etadi. Anas (r.a.) qilgan rivoyatda aytilishicha, Payg‘ambardan (sollallohu alayhi vasallam): «Qachon amri ma’ruf va nahiy munkar tark bo‘ladi, ey Allohning Rasuli?» deb so‘rashganda, Sarvari koinot: «Qachon yaxshilaringiz orasida tilyog‘lamachilik, yomonlaringiz orasida fohishalik, yoshlaringiz orasida mulk, razillaringiz orasida fiqh paydo bo‘lib qolsa», 114 deb javob berganlar. 114. Ibn moja hasan isnod bilan rivoyat qilgan. Albaniy zaif degan. 3. Munozara qiluvchi o‘z rayi bilan fatvo beruvchi mujtahid bo‘lmog‘i lozim. Shofe’iy va Abu Hanifaning yoki biror mazhabning fikri bilan chegaralanib qolmasligi kerak, bordi-yu haq Abu Hanifa mazhabida topilsa, u holda Shofe’iyning so‘zini tark etmog‘i, umuman olganda, sahobalar (r.a.) va mujtahid imomlar kabi o‘z rayi bilan ijtihod qilmog‘i lozim. Ammo kim ijtihod qilish darajasiga yetishmagan bo‘lsa, o‘zidan so‘ralgan masala haqida sohibi mazhabdan naql qilib, fatvo beraveradi. Bordi-yu o‘sha mazhabning zaifligi ma’lum bo‘lsa ham, uni tark etishi joiz emas. Bas, shunday ekan, u nima uchun munozara qiladi? Vaholanki, mazhabi ma’lum, boshqa mazhab ila fatvo berish mumkin bo‘lmasa, munozaradan na foyda?! Aniq bir fikrga kelolmay turgan vaqtida ham: «Sohibi mazhabimizning ushbu masalaga javobi bo‘lishi mumkin, men shariat asoslarida Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling