Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
98 kiyimlaringiz Jomutniki kabi, ulovingiz Qorunniki kabi, uy jihozlaringiz Fir’avnniki kabi bo‘lsa, gunohlaringiz johiliyatdagi kabidir va yo‘lingiz shaytoniy yo‘ldir. Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) shariatlariga yo‘l bo‘lsin!» Bir shoir shunday degan ekan: Cho‘ponki qo‘ylarini bo‘ridan himoya qilur, Lek cho‘pon bo‘ri bo‘lsa, ahvol ne kechur?! Boshqa bir shoir aytadi: Ey mamlakatning tuzi bo‘lgan qorilar, Tuz aynisa, unga bormi dorilar?! Oriflarning biridan: «Sizning-cha, gunohlar ko‘zini quvnatadigan kishi Allohni taniy oladimi?!» deb so‘rashganida, shunday javob bergan ekan: «Dunyoni oxiratdan ustun qo‘ygan kishi Allohni taniy olmasligi shubhasizdir. Holbuki, uning gunohi undan (siz so‘rayotgan odamnikidan) anchayin yengildir». Mol-dunyoni tark qilish oxirat olimlari safiga qo‘shilish uchun kifoya qiladi, deb o‘ylama. Chunki obro‘ – maqom mol-dunyodan ko‘ra zararliroqdir. Shuning uchun Bishr ibn Horis (r.a.) shunday deganlar: «Haddasana» (bizga aytib berishdi) degan so‘z mol-dunyo eshiklaridan biridir. Bir kishining qachon «haddasana» deganini eshitsangiz, u «menga yo‘l beringlar» degan bo‘ladi». Ana shu Bishr ibn Horis (r.a.) o‘ndan ortiq savatlarga joylangan kitoblarni yerga ko‘mib qo‘ygan edilar, aytardilarki: «Men hadis aytishni xohlayman. Agar mendagi hadis aytishga bo‘lgan ishtiyoq yo‘qolsa, albatta, aytaman». U zot ham, boshqalar ham aytganlarki: «Qachon gapirishni xohlasang, sukut qil. Qachon xohlamasang, shunda gapir». Bunday deyishlarining sababi, chiroyli ifodalashdagi obro‘ va irshod mansabi bilan lazzatlanish dunyoda ne’matlanishdan ko‘ra lazzatlidir. Bas, kim mana shu jihatdan nafsining xohishiga ijobat qilgan bo‘lsa, u dunyoparastlardan biridir. Shuning uchun Sufyon Savriy (r.a.) aytganlarki: «Til orqali keladigan fitna oila, mol-dunyo va farzandlar orqali keladigan fitnadan og‘irroqdir. Payg‘ambarlar sayyidi bo‘lgan zotga bu haqda Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling