Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
«Odamlarni yaxshilikka buyurasizlar-u, o‘zlaringizni unutasizlarmi?»
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
«Odamlarni yaxshilikka buyurasizlar-u, o‘zlaringizni unutasizlarmi?» (Baqara
surasi, 44-oyat). Shuning uchun olimning gunoh qilgandagi yuki johilning yukidan ko‘proq bo‘ladi. Zero, uning yo‘ldan toyishi bilan ko‘plab odamlar ham toyiladilar va unga ergashib ketadilar. Kimki yomon bir odatni joriy qilsa, unga o‘sha ishning gunohi va uni qilgan barcha odamlarning gunohi yoziladi. Shuning uchun Hazrati Ali (r.a.): «Mening belimni ikki toifa sindirdi: ilmga amal qilmagan olim va ibodatga sho‘ng‘igan johil. Chunki johil odamlarni ibodati bilan aldaydi, olim esa ilmiga amal qilmaslik bilan», deganlar. Alloh bilguvchiroqdir. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 94 Oltinchi bob Ilmning ofatlari hamda oxirat olimlari va yomon olimlarning alomatlari Ilm va ulamo fazilati borasida vorid bo‘lgan oyat va hadislarni zikr qilib o‘tdik. Yomon olimlar haqida ham qo‘rqinchli xabarlar kelganki, ularning qiyomat kunida eng og‘ir azobga duchor bo‘lishlariga dalolat qiladi. Navbatdagi muhim vazifalardan biri dunyo olimlari va oxirat olimlari o‘rtasini ajratuvchi alomatlarni yaxshi bilib olishdir. Dunyo olimlari deganda ilmdan maqsadlari dunyo bilan ne’matlanish hamda dunyo ahllari oldida obro‘ va maqomga erishish bo‘lgan yomon olimlarni nazarda tutdik. Zero, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Odamlarning qiyomat kunida eng og‘ir azoblanadigani Alloh taolo ilmidan o‘ziga manfaat bermagan olimdir», deganlar. Yana aytadilar: «Hech bir kishi ilmiga amal qilmagunicha olim bo‘lolmaydi». 136 Yana marhamat qiladilar: «Ilm ikki xildir: Tildagi ilm, u maxluqotlariga qarshi Alloh taoloning hujjatidir. Qalbdagi ilm, bu manfaatli ilmdir». 137 136. Ibn Hibbon va Bayhaqiylar Abu Dardodan mavquf holda rivoyat qilishgan. 137. Termiziy va Ibn Abdulbar mursal holda, sahih isnod ila rivoyat qilishgan. Yana shunday deydilar: «Oxir zamonda johil obidlar va fosiq olimlar paydo bo‘ladi».138 Yana aytadilar: «Olimlarni lol qoldirish, esi pastlar bilan munozara qilish va odamlarning nazarini o‘zingga jalb qilish uchun ilm o‘rganma. Kim shunday qilsa, joyi jahannamdadir». 139 Yana aytadilar: «Kim o‘zidagi ilmni yashirsa, Alloh taolo uni olovdan bo‘lgan yugan bilan yuganlaydi». Yana: «Sizlar uchun Dajjoldan ko‘ra boshqa birisidan qo‘rqaman», deganlarida, sahobalar: «U kim?» deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Zalolatga boshlovchi peshvolar (olimlar)», 140 dedilar. Yana aytganlarki: «Kimning ilmi ziyodalashsa-yu, hidoyati ziyodalashmasa, faqat Allohdan uzoqlashadi, xolos». 141 138. Hokim Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan, zaif. 139. Ibn Moja Jobirdan (r.a.) sahih isnod ila rivoyat qilgan. 140. Imom Ahmad Abu Zarrdan (r.a.) yaxshi isnodila rivoyat qilgan. 141. Abu Mansur Daylamiy «Musnadul firdavs» kitobida Alidan (r.a.) zaif isnod ila rivoyat qilgan. Iso (a.s.) shunday degan ekanlar: «O‘zingiz yo‘l qidirganlar bilan turganingiz holda, qachongacha to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatasizlar?» Mazkur va boshqa ko‘plab xabarlar ilmning xatarlari buyukligiga dalolat qiladi. Demak, olim yo abadiy halokatga, yo abadiy saodatga duch keluvchidir. Agar inson ilmga sho‘ng‘ish bilan saodat topa olmagan bo‘lsa, salomatlikdan mahrum bo‘ladi. Bu mavzuda hikmatli so‘zlar ham juda ko‘p. Jumladan, Hazrati Umar (r.a.): «Bu ummat Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling