Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
93 yuklamagan bo‘lsa, uning e’tiqodiga shubhalar solish to‘g‘ri emas. Balki ularni xoli qoldirish lozim. Chunki unga zohirning ta’villari zikr qilinsa, undan avomlik zanjiri yechiladi, lekin xoslarning qalbiga bog‘lanishga ham muyassar bo‘lmaydi. U bilan gunohlar o‘rtasidagi to‘siq yo‘qoladi hamda o‘zini ham, boshqalarni ham, halokatga yetaklovchi sarkash shaytonga aylanadi. Shuning uchun avom odamlar bilan ilmning nozik haqiqatlariga sho‘ng‘imaslik lozim. Balki ularga ibodatlarni o‘rgatish, qilayotgan kasblarida ishonchli odam bo‘lishlarini ta’lim berish, Qur’onda aytilganidek, ularning qalblarini jannatga rag‘bat va jahannamdan qo‘rquv bilan to‘ldirish, ularda shubha uyg‘otmaslik lozimdir. Chunki gohida shubha qalbda o‘rnashib qoladi va uni hal etish juda mushkul bo‘ladi. Natijada baxtsizlik va halokatga uchraydi. Umuman olganda, avom uchun bahs eshigini ochmaslik darkor. Chunki (bu bilan) xalqning hayotini va xoslar tirikchiligining davomiyligiga sabab bo‘lgan san’at (kasb)lari e’tiborsiz qolib ketadi. Sakkizinchi vazifa: Muallim ilmiga amal qiluvchi bo‘lmog‘i lozimki, fe’li so‘zini yolg‘onga chiqarmasin. Chunki ilm basirat (qalb ko‘zi) bilan, amal esa, ko‘z bilan bilinadi. Ko‘z bilan ko‘ruvchilar esa, juda ko‘pdir. Qachonki, amal ilmga xilof bo‘lsa, rushdu hidoyatga mone’lik qiladi. Har kim o‘zi bir narsani yeb turib, odamlarga: «Buni yemanglar», desa, ushbu so‘zi zahar kabi bo‘ladi va odamlar uni masxaralay boshlaydi, unga tuhmat qiladi. Qaytarilgan ishga qiziqishlari ortib: «Bu ish eng shirin va eng lazzatli narsa bo‘lmaganida, o‘zi o‘sha ishni qilmas edi», deydi. Murshid ¬ muallimning shogirdlar oldidagi mavqe’i qolipning loyga yoki daraxtning soyaga nisbati kabidir. Qolip bo‘lmasa, loydan qanday foydalanish mumkin, daraxt qiyshiq bo‘lsa, soya qachon to‘g‘ri bo‘ladi? Bu haqda shunday she’r aytilgan: Qilib turgan ishingni boshqalarga etma man’, O‘zing uchun katta or, agarchi shunday qilsang. Alloh taolo marhamat qilib aytadi: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling