Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Sizlar uchun esa (Ey mushriklar, Allohni noloyka sifatlar bilan) sifatlaganlaringiz sababli halokat bo‘lur».
www.ziyouz.com kutubxonasi
105 lekin mukammal bilmasdan turib amal qilma», deydi. Shunday qilib, ilmni gapirib, amalni orqaga surishda davom etadi. Hatto hech qanday amalsiz o‘lib ketadi». 154 Sirriy Saqatiy (r.a.) shunday deydilar: «Zohir ilmini o‘rganishga ishtiyoq bilan bir kishi (birdaniga) ibodat qilish uchun (odamlardan) ajralib oldi. Undan buning sababini so‘radim. Aytdiki: «Tushimda bir zotni ko‘rdim. U: «Alloh seni zoe’ qilgur, qachongacha ilmni zoe’ qilasan?» dedi. Men unga: «Men ilmni yod olyapman», dedim. U esa: «Ilmni muhofaza qilish unga amal qilish demakdir», dedi. Shundan keyin ilm o‘rganishni tark qilib, amalga yuzlandim». 154. «Al-Jome’» kitobida Anasdan (r.a.) zaif sanad ila rivoyat qilingan. Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Ilm ko‘p rivoyat bilish emas, balki qo‘rquvdir». Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Xohlaganingizcha ilm o‘rganing. Allohga qasamki, amal qilmaguningizcha, Alloh sizga savob bermaydi. Chunki esi pastlarning himmati rivoyatdir, olimlarning himmati rioyat – amal qilishdir». Molik (r.a.) aytadilar: «Ilm talab qilish juda yaxshi. Niyat to‘g‘ri bo‘lsa, uni yoyish ham juda yaxshi. Lekin sen ertadan kechgacha o‘zingga lozim bo‘lgan ishlarga qara va hech narsani vazifangdan ustun qo‘yma». Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Qur’on amal qilinishi uchun nozil etilgan. Sizlar esa uni o‘rganishni amal qilib oldingizlar. Yaqinda shunday qavmlar keladiki, ular Qur’onni suv qilib ichib yuboradilar. (Lekin) ular yaxshilaringiz emas. Ilmga amal qilmaydigan olim davoni sifatlagan bemor yoki taomlarning lazzatini sifatlagan och odam kabidir». Alloh taoloning quyidagi so‘zi shu ma’noni ifodalaydi: «Sizlar uchun esa (Ey mushriklar, Allohni noloyka sifatlar bilan) sifatlaganlaringiz sababli halokat bo‘lur». Hadisda shunday deyiladi: «Ummatim uchun olimning toyilishidan va munofiqning Qur’on haqida tortishuvidan qo‘rqaman». 155 (Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri manfaati oz, mujodala va «dedi¬dedi»si ko‘p ilmlardan saqlanib, toatlarga targ‘ib qiluvchi, oxiratda foyda beradigan ilmning tahsili uchun yordam berishdir. Amallarga tegishli ilmdan yuz o‘girib, mujodala bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi ko‘p kasalliklarga mubtalo bo‘lib, mohir tabibga vaqti ziqligida ro‘baro‘ kelgan va uning ketib qolish xavfi bo‘lsa ham, o‘zini qiynab turgan dardlarini qo‘yib, turli dorilarning xususiyatlari va tibbiyotning g‘aroyib masalalarini so‘rash ila mashg‘ul bo‘lgan kasalga o‘xshaydi. Bu ish aqlsizlikning o‘zginasidir. 155. Tabaroniy va Ibn Hibbonlar rivoyati. Rivoyat qilinishicha, bir kishi Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kelib, «Menga ilmning g‘aroyibotlarini o‘rgating», dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling