Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
103 Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: «Olim qachon ilmiga amal qilmasa, yomg‘ir toshga ta’sir qilmagani kabi, uning va’z-nasihati ham qalblarga ta’sir qilmaydi». Bir shoir deydi: Ey odamlar voizi, muttaham bo‘lding o‘zing, Ularning qilmishin ayblab, lek uni qilding o‘zing. Bor kuching birla yana qilursan va’z-nasihat, Baski, gunohlarning oqibati qalokat! Ayblaysanu dunyoni hamda uni sevgan-kim, Ammo o‘zingning ishqing ustunroq emasmikin?! Boshqa shoir bunday deydi: Odamlarni qaytarma uzing qilgan ishingdan, Bunday qilish sen uchun katta or, agar bilsang. Ibrohim ibn Adham (r.a.) aytadilar: «Makkai mukarramadagi bir toshning oldidan o‘tdim. Unga: «Meni aylantir, ibrat olasan», deb yozilgan ekan. Toshni aylantirdim va unda: «Bilganingga amal qilmaganing holda, qanday qilib bilmagan narsangning ilmini talab qilasan?» deb yozilganini ko‘rdim». Ibn Sammok (r.a.) aytadilar: «Allohni eslatuvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari Allohni unutgan. Allohdan qo‘rqituvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari Allohga nisbatan jur’atli. Allohga yaqinlashtiruvchi qanchadan-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari Allohdan uzoq. Alloh yo‘liga chaqiruvchi qancha-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari Allohdan qochuvchi. Allohning kitobini o‘qiydigan qancha-qancha kishilar bor, lekin o‘zlari Allohning oyatlaridan tashqaridadir”. Ibrohim ibn Adham (r.a.) deydilar: «Gapirishda e’robga (nahv qoidasi) rioya etib, gaplarimizni chiroyli qildik. Lekin qoidaga rioya qilma amallarimiz ham chiroyli bo‘lmadi». Avzoiy (r.a.) aytganlarki: «E’rob kelsa, xushu’ ketadi». Makhul (r.a.) Abdurrahmon ibn G‘anamdan (r.a.) rivoyat qilishlaricha, u kishi shunday deganlar: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) ashobidan o‘n kishi menga shunday xabar bergan: «Biz Qubo masjidida ilm o‘rganar edik. Bir payt Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurimizga chiqib: «Bilishni xohlaganingizcha ilm o‘rganinglar. Lekin amal qilmaguningizga Alloh sizga savob bermaydi», 152 dedilar». Iso (a.s.) aytganlar: «Ilm o‘rganib, unga amal qilmagan kishining misoli yashirin zino qilib, homilador bo‘lgan, keyin homilasi bilinib, sharmanda bo‘lgan ayol kabidir. Chunki ilmiga amal qilmagan kishini Alloh qiyomat kunida guvohlar huzurida sharmanda etadi». Muoz (r.a.) aytadilar: «Olimlarning adashishidan ehtiyot bo‘linglar. Chunki odamlar nazdida ularning qadri yuqori bo‘lgani uchun xatolariga ergashib ketadi». Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling