Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
«Albatta, sizlar uchun Allohning payg‘ambarlarida go‘zal namuna bordir»
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
«Albatta, sizlar uchun Allohning payg‘ambarlarida go‘zal namuna bordir»
(Ahzob surasi, 21-oyat), degan oyatini o‘qib: «Sizlar kimdan namuna olyapsizlar. Rasulullohdanmi (sollallohu alayhi vasallam) yoki birinchi bo‘lib g‘isht va toshdan uy qurgan Fir’avndanmi?» dedi. Shunda uni qo‘yib yubordi». Hotamul Asom (r.a.) hikoyati mana shudir. Salaflarning kamtarlik va zeb-ziynatni tark etish kabi siyratlaridan yuqoridagi ma’nolarga dalolat qiluvchi iboralar yana keladi. Bu boradagi haqiqat shuki, muboh narsalar bilan Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 110 ziynatlanish harom emas. Lekin unga chuqur kirishish unsiyatni paydo qiladi. Natijada uni tark qilish qiyinlashadi. Ziynatlanish faqat uning sabablariga rioya etish bilan mumkin bo‘ladi. Ko‘pincha uning sabablariga rioya etmaslik mudohana (murosa, xushomadgo‘ylik), xalqning xohishiga rioya qilish, riyokorlik va boshqa man’ qilingan ishlardan iborat gunohlarni keltirib chiqaradi. Bu gunohlardan qutulishning chorasi ziynatlanishdan saqlanishdir. Chunki kim dunyoga sho‘ng‘isa, albatta, undan salomat chiqmaydi. Agar dunyoga sho‘ng‘ish bilan birga, undan salomat qolish mumkin bo‘lganida edi, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dunyoni tark etishda mubolag‘a qilmas edilar. Hattoki, xutba vaqtida naqshli kiyimni 157 va tilla uzukni yechib qo‘yar edilar. 158 Bundan boshqa yana ko‘plab dalillar borki, bayoni yaqinda keladi. 157. Muttafaqun alayh. 158. Muttafaqun alayh. Hikoya qilinadiki, Yahyo ibn Yazid Navfaliy (r.a.) Imom Molik ibn Anasga (r.a.) shunday maktub yozgan: «Bismillahir rohmanir rohiym. O‘tmish va kelajakdagilar ichida Uning payg‘ambari Muhammadga Allohning salot va salomi bo‘lsin! Yahyo ibn Yazid ibn Abdulmalikdan Molik ibn Anasga. Ammo ba’d. Menga ma’lum bo‘ldiki, sen nafis kiyimlar kiyib, nozik taomlar yer emishsan. Yana ko‘rpachalar ustida o‘tirib, eshigingga soqchilarni qo‘yibsan. Holbuki, sen ilm kursisiga o‘tirgan zotsan. Sening huzuringga kelish uchun ulovlar tayyorlangan va odamlar ham doimo sen tomonga oshiqadilar. Ular seni imom qilib olganlar va so‘zlaringdan rozi bo‘ladilar (qabul qiladilar). Shunday ekan, Allohdan qo‘rq, ey Molik! Mutavoze’ bo‘l. Bularni senga nasihat uchun yozdimki, Allohdan o‘zga hech kim bundan xabardor emas. Vassalom!» Molik (r.a.) unga shunday javob yozdilar: «Bismillahir rohmanir rohiym. Alloh taolodan sayyidimiz Muhammadga, ahli va ashobiga salot va salomlar bo‘lsin! Molik ibn Anasdan Yahyo ibn Yazidga. Senga Allohning salomi bo‘lsin! Ammo ba’d. Maktubing menga yetib keldi va nasihat, shafqat, adab bo‘lib (qalbimga) joylashdi. Alloh seni taqvo bilan siylasin va nasihating evaziga yaxshilik bilan mukofotlasin. Alloh taolodan tavfiq so‘rayman. (Yaxshilik qilishga) kuch va (yomonlikdan saqlanishga) quvvat faqatgina buyuk va oliy zot bo‘lgan Allohdandir. To‘g‘ri, sen zikr qilganingdek, men nozik taomlar yeyman, nafis kiyimlar kiyaman, (soqchi bilan o‘zimni) qo‘riqlataman va yumshoq o‘rinlarda o‘tiraman. Mana shularni qilamiz va Alloh taolodan mag‘firat so‘raymiz. Zero, Alloh taolo: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling