Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
«G‘ayb ochqichlar. Uning huzuridadirnim, ularni yolg‘iz o‘zigina bilur»
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
«G‘ayb ochqichlar. Uning huzuridadirnim, ularni yolg‘iz o‘zigina bilur» (An’om
surasi, 59-oyat). Agar nur bilan to‘lgan kishining qalbi zohiriy ilmlar ustidan hokim bo‘lmaganida edi, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Agar senga fatvo bersalar ham, senga fatvo bersalar ham, senga fatvo bersalar ham, sen o‘z qalbingdan fatvo so‘ragin», 170 demagan bo‘lardilar. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 118 170. Alboniy «Sahihul jome’» kitoblarida zikr qilgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Rabbilaridan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda shunday deganlar: «Bandam Menga nafl namozlari bilan yaqinlashib kelaveradi. Nihoyat, Men uni sevib qolaman. Qachon Men uni sevsam, uning eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi, ishlaydigan qo‘li, yuradigan oyog‘i bo‘laman. Qachon Mendan bir narsa so‘rasa, beraman. Panoh istasa, shubhasiz, uni saqlayman». 171 Qur’onning qanchadan-qancha sirlari, daqiq ma’nolari borki, o‘zini zikr va fikrga baxshida etganlar qalbida hosil bo‘ladi. Tafsir kitoblari bunday ma’nolardan xolidir. Mufassirlarning ulug‘lari ham undan voqif emaslar. Qachon bu ma’nolar muroqaba qiluvchi murid uchun ochilsa va uni mufassirlarga arz qilsa, uni yaxshi qabul etadi va (sirlar) zakovatli qalblarning alomatlaridan hamda Allohga yuzlangan oliyhimmat zotlarga berilgan lutf ekanini biladi. Mukoshafa, muomala ilmlarining sirlari va qalb xotiralaridagi jihatlarda ham shundaydir. Zero, bu ilmlardan har biri tubiga yetib bo‘lmaydigan dengizdirki, toliblar nasibasi miqdoricha va muvaffaq bo‘lgan chiroyli amallari nisbatida unga sho‘ng‘iy oladi. Oxirat olimlarining sifatlari borasida Ali (r.a.) uzun bir hadisda shunday deganlar: «Qalblar idishlardir. Ularning yaxshirog‘i ichiga yaxshilik jo bo‘lgani. Odamlar uch xil: rabboniy olim; najot yo‘lida ta’lim oluvchi; har gapiruvchiga ergashib ketuvchi, har qanday shamolga egiluvchi, ilm nuri bilan ziyolanmagan va ishonchli ruknga suyanmagan kishi. Ilm moldan yaxshiroqdir. Ilm seni himoya qiladi, sen esa molni qo‘riqlaysan. Ilm qancha sarflansa, ziyodalashadi, mol esa sarflash bilan kamayadi. Ilm dindirki, kishi u bilan dindor bo‘ladi va hayoti davomida toat-ibodatlarni u bilan amalga oshiradi va vafotidan keyin yaxshilik bilan tilga olinadi. Ilm hokimdir, mol esa mahkumdir. Mol ketishi bilan uning manfaati ham yo‘q bo‘ladi. Mol-dunyo to‘plovchilar tirik bo‘lsalar ham, o‘lik kabidirlar. Olimlar esa, dunyo turgunicha tirik va boqiydirlar». 171. Abu Hurayradan «sam’ahu va basarahu» lafzi ila qilingan rivoyatni Imom Buxoriy va Imom Muslim keltirshgan qildilar. Lekin «Al-Huliyya» kitobida zikr etilganidek, Anasdan (r.a.) qilingan rivoyat zaif sanadlidir. Shundan keyin Ali (r.a.) chuqur nafas oldilar va aytdilarki: «Eh! Mana bu yerda (qalbda) katta ilm bor, qaniydi uni ko‘taruvchi kishini topsam. Faqat ishonchsiz tolibga duch kelyapmanki, u dunyo talabida dinni vosita qiladi, ishlatadi va Allohning ne’matlari bilan Uning avliyolariga til tekkizadi hamda Allohning hujjatlari bilan Uning xalqidan o‘zini ustun tutadi. Yoki haqiqat ahliga itoat etuvchi tolibga duch kelyapman, lekin unda basirat bo‘lmagani bois, shubhali narsaga birinchi bor ro‘baru kelishi bilanoq qalbiga shak o‘rnashib qoladi. Shuning uchun unisi ham, bunisi ham (munosib emasdir). Yoki havoyi nafs-ining istaklarini topish yo‘lida turli lazzatlarga berilgan tolibni yoki mol- dunyo jamg‘arishga jiddiy kirishgan, hoyu havasiga itoat etuvchi tolibni ko‘ryapmanki, ularning eng yaqin o‘xshashlari yaylovdagi chorpolardir. Ey Allohim! Qachon ilmni ko‘targanlar (olimlar) vafot etsa, ilm ham o‘ladi, lekin yer yuzi bu dinni hujjat-dalillar bilan Alloh (rizosi) uchun qoim qiluvchi (saqlovchi) kishilardan xoli bo‘lmaydi. Ular yo zohir-oshkora bo‘ladi, yoki Allohning hujjatlari va ochiq dalillari botil bo‘lmasin deb, qo‘rquvchi va yashirin yuruvchi bo‘ladilar. Ularning soni qancha va qaerda? Ularning adadlari oz, lekin qadlari yuksakdir. O‘zlari yo‘qolgan, yashirin, lekin misollari qalblarda Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling