Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
«Ularning ko‘p maxfiy suhbatlaridan - agar sadaqa berishga yo biron yaxshilik
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
«Ularning ko‘p maxfiy suhbatlaridan - agar sadaqa berishga yo biron yaxshilik
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 116 qilishga yoki odamlar o‘rtasini isloh qilishga buyurgan bo‘lmasalar - hech qanday foyda yo‘qdir». (Niso surasi, 114-oyat). 166. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. Termiziy g‘arib hadis, degan. Olimlardan biri ray sohiblaridan bo‘lgan ko‘falik kishini tushida ko‘rdi va: «(Hayotda) qilib o‘tgan fatvo va rayingiz natijasida qanday muomala ko‘rdingiz?» deb so‘radi. U esa, aftini burishtirib, yuzini boshqa tomonga o‘girdi va: «Hech narsa topolmadik, oqibatimizni ham o‘nglay olmadik», deb javob berdi. Ibn Hassin (r.a.) aytadilar: «Bulardan (ya’ni, hozirgi olimlardan) har biri shunday masalalar haqida fatvo beradiki, agar shu masala Umar ibn Xattobdan (r.a.) so‘ralsa, unga (javob berish uchun) ahli Badrni to‘plagan bo‘lar edilar». Demak, zaruratdan tashqari barcha holatda sukut saqlash ilm ahlining doimiy odati bo‘lib qolaveradi. Hadisda shunday deyiladi: «Qachonki, bir kishiga sukut bilan zohidlik berilganini ko‘rsangiz, unga yaqinlashing. Chunki u hikmatni anglaydi». 167 Aytishlaricha, olim kishi yo ommaviy bo‘ladi, u fatvo beruvchi va sultonlarning ashobidandir, yoki xoslar olimi bo‘ladi, u tavhidni va qalblarning amallarini bilguvchi va odamlardan ajralib, yolg‘izlikda yashovchi uzlat sohiblaridandir. Aytadilarki, Ahmad ibn Hanbal Dajla daryosiga o‘xshaydi, har bir kishi undan qonib ichadi. Bishr ibn Hars esa suvi shirin usti yopiq quduq kabidirki, uning yoniga bitta- bitta keladilar. 167. Ibn Moja Ibn Xalloddan zaif isnod ila rivoyat qilgan. Aytadilarki, falonchi olimdir, falon olim faqat gapiruvchi, falonchi ko‘p gapiruvchi, falonchi esa eng ko‘p gapiruvchi. Abu Sulaymon (r.a.) aytadilar: «Ma’rifat gapirishdan ko‘ra sukutga yaqinroqdir». «Qachon ilm ko‘paysa, gap kamayadi. Gap ko‘paysa, ilm kamayadi», degan hikmat ham bor. Salmon (r.a.) Abu Dardoga (r.a.) shunday yozdilar (Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularni bir-birilari bilan birodar qilgan edilar) 168 : «Ey birodar. Menga yetib keldiki, sen tabib bo‘lib, bemorlarni davolayotgan emishsan. Ehtiyot bo‘l! Agar (haqiqiy) tabib bo‘lsang, gapiraver. Albatta, gaping shifo bo‘ladi. Agar o‘zingni (tabib) qilib ko‘rsatayotgan bo‘lsang, Allohdan qo‘rq va musulmonni o‘ldirma!» Shundan keyin Abu Dardo (r.a.) bir masala so‘ralsa, to‘xtab qolar edilar. 168. Imom Buxoriy Abu Ja’fadan rivoyat qilgan. Anasdan (r.a.) qachon bir masala so‘rashsa: «Buni sayyidimiz Hasan Basriydan so‘ranglar», der edilar. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling