Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/149
Sana18.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1707369
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149
Bog'liq
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
Abu Zarr (r.a.) Salamaga (r.a.) shunday deganlar: «Ey Salama. Podshohlar eshigi oldida 
biror narsani qo‘lga kiritsang, ular sening dilingdan undan afzalrog‘ini olib qo‘yadi». 
Mana shu narsa olimlar uchun katta fitnadir va shayton uchun ularga qarshi adashtiruv 
qurolidir. Xususan, nutqi ravon va so‘zlari shirin bo‘lsa, shayton unga doimo: 
«Podsholarga va’z qilishing va huzurlariga kirishing ularni zulmdan tiyilishga va shariat 
hukmlarini qoyim qilishga undaydi», deb shivirlab turadi. Borib-borib, unga podshohning 
oldiga kirish din ishlaridandir, degan xayolni singdiradi. Keyin qachon kirsa, shirinso‘z 
bo‘lib qoladi, xushomad qiladi, uni maqtash va olqishlashda haddan oshadi, bu ishlarda 
esa dinning halokati bordir. 
Aytadilarki, olimlar qachon ilm o‘rgansalar, amal qilardilar, qachon amal qilsalar, 
(ibodatga) mashg‘ul bo‘lib qolardilar, qachon mashg‘ul bo‘lsalar, (odamlar ko‘zidan) 
yo‘qolib qolardilar, qachon yo‘qolsalar, qidirilar edilar, qachon qidirilsalar, qochardilar.
Umar ibn Abdulaziz (r.a.) Hasan Basriyga (r.a.): «Alloh taoloning amrlarini bajarishda 
kimlardan yordam so‘rashim mumkin, ularni ko‘rsatib bersangiz», deb maktub yozdilar. 
Hasan Basriy (r.a.) shunday javob qaytardilar: «Din ahli sizning huzuringizga borishni 
xohlamaydi. Ammo dunyo ahlini esa, siz xohlamaysiz. Lekin siz sharafli zotlarni mahkam 
tuting. Chunki ular xiyonat bilan bulg‘anishdan sha’nlarini muhofaza qiladilar». 
Zamonasining eng zohidi bo‘lgan Umar ibn Abulaziz (r.a.) haqidagi gap mana shunday! 
Agar din ahllari u zotdan ham qochishlari shart bo‘lsa, boshqa amaldorlarni qidirish va 
ular bilan aralashib yurish haqida nima deyish mumkin?! 
Hasan Basriy, Sufyon Savriy, Ibn Muborak, Fuzayl ibn Iyoz, Ibrohim ibn Adham va Yusuf 
ibn Asbot (r.a.) kabi salaf olimlar Makka, Shom va boshqa shaharlik dunyo olimlari 
haqida yo ular dunyoga moyil bo‘lganlari yoki sultonlarga aralashib yurganlari uchun 
doimo gapirib turar edilar.
(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri fatvo berishga shoshilmaslik, imkoni bo‘lsa, 
fatvo berishdan butunlay saqlanish va ehtiyot bo‘lishidir. Agar undan Allohning kitobidagi 
dalil yoki hadisdagi hujjat yoki ijmo’ yoxud ochiq va ravshan qiyos bilan haqiqatni 
biladigan masalasi haqida so‘rashsa, fatvo beradi. Agar shak-shubha qilib turgan masala 
xususida so‘ralsa, «bilmayman», deydi. Agar ijtihod va taxmin bilan to‘g‘ri javob bera 
olishiga ishongan masalasi haqida so‘ralsa, ehtiyot bo‘ladi va uni o‘zidan chetlatadi
boshqa loyiqroq kishi bo‘lsa, (javob berishni) unga qoldiradi. Mana shu ish 
ehtiyotkorlikdir. Chunki ijtihod og‘ir ish. 
Hadisda aytilganki: «Ilm uchtadir. Notiq kitob, qoyim sunnat va «bilmayman» 
demoqlik».
163
Sha’biy aytadilar: «Bilmayman, deyish ilmning yarmidir». 
163. Xatib, Abu Dovud, Ibn Mojalar marfu’ holda rivoyat qilgan. Alboniy zaif degan. 
Kimki bilmagan narsasi haqida so‘ralganida, Alloh rizosi uchun sukut qilsa, uning savobi 
javob berganning savobidan oz emasdir. Chunki bilmasligini e’tirof etish nafsga juda 
og‘ir. Zero, sahobai kiromlar va salaflarning odatlari shunday edi. 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling