Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


«Albatta, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar»


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/149
Sana18.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1707369
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   149
Bog'liq
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

«Albatta, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar» (Fotir 
surasi, 6-oyat), degan so‘ziga qaradim. Natijada ungagina dushmanlik qildim va undan 
ehtiyot choralarini ko‘rishga tirishdim. Chunki uning menga dushman ekani haqida Alloh 
taolo guvohlik berdi. Shuning uchun shaytondan boshqalarga adovatni tark qildim. So‘ng 
yana shu odamlarga qaradim. Ko‘rdimki, ularning har biri bir parcha rizqni qidirib, uning 
yo‘lida o‘zini xor qilmoqda va halol bo‘lmagan yo‘llarga kirmoqda. Shunda Alloh 
taoloning:
«O‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir» (Hud 
surasi, 6-oyat), degan so‘ziga boqdim va o‘zimni rizqi Allohning zimmasida bo‘lgan 
jonzotlardan birideb bildim. Shuning uchun zimmamdagi Allohning haqqini ado etish 
bilan mashg‘ul bo‘ldim va Uning huzuridagi o‘zimga tegishli bo‘lgan narsani (rizqni Unga 
havola qilib) tark etdim. Va nihoyat, yana shu odamlarga qaradim. Ko‘rdimki, ularning 
barchasi qaysidir maxluqqa suyanadi. Kimdir dalasiga, kimdir tijoratiga, kimdir 
san’atiga, yana kimdir badanining sog‘ligiga, hamma o‘zi kabi bir maxluqqa 
tayanmoqda. Shunda Alloh taoloning:
«Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O‘zi unga yetarlidir» (Taloq surasi, 
3-oyat), degan so‘zini o‘yladim va menga kifoya qiluvchi bo‘lgan Alloh taologa tavakkul 
qildim». 
Shunda Shaqiq (r.a.) dedilar: «Ey Hotam, Alloh taolo seni muvaffaq qilsin. Men Tavrot, 
Injil, Zabur va Qur’oni karim ilmlariga boqdim. Yaxshilik va diyonatning barcha turlari 
mana shu sakkiz masala atrofida aylanishini topdim. Kim bularga amal qilsa, to‘rt 
kitobga amal qilgan bo‘ladi». 
Ilmning bu jihatini idrok etish va kashf qilishga faqat oxirat olimlari ahamiyat beradi. 
Dunyo olimlari esa, mol-dunyo va obro‘-e’tiborga erishishni qulaylashtiruvchi ilm bilan 
mashg‘ul bo‘ladi va Alloh taolo barcha payg‘ambarlarni vazifador qilib yuborgan ilmlarga 
beparvo qaraydi. 
Zahhok ibn Muzohim (r.a.) aytadilar: «Men ularning salaf olimlarining bir-birlaridan 
taqvodan boshqa narsani o‘rganganini ko‘rmadim. Bugungi olimlar esa faqat kalom 
ilminigina o‘rganmoqdalar». 
(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri yeyish-ichishda isrofga, kiyinishda haddan 
oshishga hamda uy-joy va jihozlarda chiroyli bo‘lishga mayl ko‘rsatmaslikdir. Balki bu 
ishlarning barchasida iqtisodni ustun qo‘yish hamda salaflarga o‘xshash va ularning 
barchasida oz miqdor bilan kifoyalanish lozim. Shu ozlik tomonga mayl ziyodalashgani 
sari, Allohga yaqinlik ham ziyodalashib boradi va oxirat olimlari guruhiga qo‘shiladi. 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling