Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
«Bu (Kun) ular so‘zlay olmaydigan va ular uchun uzr aytishlariga ham izn
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur»
«Bu (Kun) ular so‘zlay olmaydigan va ular uchun uzr aytishlariga ham izn
berilmaydigan Kundir» (Mursalot, 3536), oyatini o‘qiganida, Imom Shofe’iyning Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 42 ranglari o‘zgarib, badanlari qaltirab, qattiq iztirobga tushib, hushdan ketib yiqilganlarini ko‘rdim. Vaqt o‘tib, hushlariga kelib: «Allohim, yolg‘onchilar maqomiga tushishdan, g‘ofillarning yuz o‘girishidan Sendan panoh tilayman. Ey Allohim, oriflarning qalblari bo‘yinsundi va Senga mushtoqlarning gardanlari bukildi. Ilohiy, menga karamingdan ato et, himoyang ila meni o‘ra va muborak yuzing hurmatidan nuqsonimni kechir», derdilar». So‘ng Umar ibn Nabota ketdilar. Biz ham qaytdik. Men Bag‘dodga keldim, Imom Shofe’iy ham Iroqda ekanlar. Namozga tahorat olish uchun daryo labida o‘tirsam, bir odam oldimdan o‘tib menga: «Ey yigit, tahoratingni chiroyli qil, Alloh taolo dunyo va oxiratingni chiroyli qiladi», dedilar. O‘girilib qarasam, menga gapirgan odamning orqasidan bir jamoat ergashib ketyapti. Tezda tahoratimni olib, orqalaridan ergashdim. U kishi o‘girilib: «Menda ishing bormi?» deb so‘radilar. Men: «Ha, Alloh sizga bildirgan narsadan menga biror narsa o‘rgating», dedim. Shunda u kishi: «Bilginki, kim Alloh taoloni haq deb hisoblasa, u Alloh azobidan qutulibdi, kimki diniga ehtiyot bo‘lsa, halokatdan omon qolibdi va kimki bu dunyoda zohid bo‘lsa, ertaga Alloh taoloning bergan savoblarini ko‘rib, ikki ko‘zi quvnaydi», dedilar. So‘ng: «Ziyoda qilaveraymi?» deb so‘radilar. Men: «Ha», dedim. U kishi: «Kimda uch xislat bo‘lsa, iymonini mukammal qilibdi: amri ma’ruf qilib, o‘zida tadbiq etsa, yomonlikdan qaytarib, o‘zi ham qaytsa va Alloh taoloning hududlarida o‘zini sotmasa», dedilar. So‘ng yana: «Ziyoda qilaveraymi?» deb so‘radilar. Men «Ha, ziyoda qilavering», dedim. U kishi: «Sen dunyodan yuz o‘girib, oxiratga qiziquvchi bo‘l va oshkorayu maxfiy ishlaringda Allohni rost bil, shunda najot topganlar bilan birga sen ham najot topasan», dedilar. So‘ng ketdilar. Men u kishining kimligini so‘radim. Odamlar: «Imom Shofe’iy», deyishdi». U zot Qur’oni karimni eshitganlarida hushlaridan ketib qolganlariga, qilgan pand- nasihatlariga e’tibor ber, bular u kishining zuhdlari va Allohdan xavflari qanday bo‘lganiga dalolat qilmoqda. Ushbu xavf va zuhd faqat nomi ulug‘ va aziz bo‘lgan Allohni tanish tufayli hosil bo‘ladi. Albatta, bu gap «Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur», degan oyati karimaga muvofiqdir. Imom Shofe’iy (r.a) bu zuhd va xavfni salam, ijara va boshqa fiqhiy ilm kitoblaridan hosil qilmaganlar, balki Qur’oni karim va hadislardan chiqarilgan oxirat bilimlaridan olganlar. Zero, avvalgi-oxirgilarining hukmi Qur’on bilan bog‘liq. U zotning qalb sirlari va oxirat bilimlari olimi ekanliklarini quyida rivoyat qilinajak hikmatlardan bilib olasan. Imom Shofe’iydan (r.a.) riyo haqida so‘rashganda, u kishi xotirjam tarzda: «Riyo bir fitnadir. Hoyu havas bu fitnani ulamolarning qalb ko‘zlari ro‘parasiga osib qo‘ygan. (Ulamolar) nafslaridagi yomon xohish tufayli u pardaga qaradilar. Natijada qilgan amallarini bekor qildilar», deb javob berdilar. Imom Shofe’iy (r.a) aytadilar: «Agar sen qilgan amalingda g‘ururga ketishdan qo‘rqsang, (qilgan amaling bilan) kimning roziligini izlayotganingga, qaysi savobni istayotganingga, qaysi azobdan qo‘rqayotganingga, qaysi ofiyat uchun shukr qilayotganingga va qaysi balo-ofatlarni eslayotganingga qara. Agar sen ushbu xislatlardan biri haqida fikr yuritsang, qilgan amaling ko‘zingga kichik ko‘rinadi». Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling